70
h.klarga ega bo’lgan yuqori komfortabelli avtobuslardan foydalanish kerak,
shuningdek yana garderob, hojatxona, bar, xolodilnik, oshxona va h.klarga ega
bo’lishi kerak. Avtobus mikro iqlimiga talablar Davlat Standarti, sanitariya-
gigienik normalar va xalqaro standartlarga muvofiq qo’yiladi. Infratovush darajasi
samoning istalgan nuqtasida 96 dB dan oshmasligi lozim. Avtobus o’rindiqlari
orasidagi masofa 80-85 sm bo‘lishi lozim.
Avtobus yon oynalari 2 qavatli, determal qoplamali, tashqi muhit bilan
salonning issiqlik almashuvini kamaytiruvchi bo‘lishi kerak. Bulardan tashqari
avtobus salonlarida individual yorug‘lik, chuchuk suvni termos, hojatxona,
yuvinish xonasi, garderob va h.klarga esa alohida qism, bir necha monitorli
televizor, videomagnitafon, radiotelefon va boshqa aloqa qulayliklari mavjud
bo‘lishi kerak. Ichki yo’nalishlarda marshrutning uzoqligi, turistlar soni, yo’nalish
kategoriyasi, komfort darajasi va h.klarga ko‘ra turli avtobuslardan
foydalanishadi.
35-40 kishilik turistik guruhlar uchun LAZ, IKARUS, TAM,
MERSEDES va boshqa avtobuslarda xizmat ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: