Epizotik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi
Ko’zg’atuvchi manbai turli qishloq xo’jalik hayvonlari, avvalo, qo’y-echkilar,
sigirlar, cho’chqalar hisoblanadi. Kasallangan hayvonlar ko’zg’atuvchisini sut,
siydik, najas va homila oldi suyuqliklari orqali butun
kasallanish davri mobaynida
ajratib turishadi.
Brusellez infeksiyasining asosiy manbalaridan tashqari, turli tuyoqli yovvoyi
va ovlanadigan hayvonlar, kemiruvchilar, qushlar hamda ularning ektoparazitlari
ham brusellalar bilan zararlanganliklari aniqlangan.
Ma’lum shart-sharoitlarda brusellalar
biologik moslashgan obligat
xo’jayinlardan boshqa turdagi hayvonlarga ham migratsiya qilishlari mumkin. Bu
hol ko’pincha har xil turdagi hayvonlar aralash saqlangan yoki boqilganida
kuzatiladi. Br.melitensis turining qoramollarga migrasiyasi katta xavf tug’diradi.
Brusellez infeksiyasiga qorako’l qo’ylari eng beriluvchan hisoblanadi. Qo’ylar
orasida brusellez o’tkir epizootiya shaklida kechib, ommaviy
abortlarga sabab
bo’ladi. Shu davrda tashqi muhitga katta miqdordagi brusellalar ajraladi hamda
kasallangan hayvon bilan umumiy hududda joylashgan odamlar va hayvonlarning
kasallikni yuqtirishlari uchun qulay sharoit tug’iladi.
Chorvachilikda veterinariya xizmatiniig past saviyasi, hayvonlar o’rtasidagi
brusellezning o’z vaqtida diagnoz etilmasligi bu infeksiyaning
chorva mollari va
ularga qarovchilar o’rtasida keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Qo’ychilik
xo’jaliklarida zararlangan va kasallangan kishilar soni anchagina yuqori, bu hol
kasallik o’chog’i faolligiga bevosita bog’liqdir. Kasallik o’chog’i faolligi
tushunchasi qo’zg’atuvchi turi va virulentligi, hayvonlarning zararlanganlik
darajasi, ulardagi kasallik klinik ko’rinishlari tabiati, ishlab chiqarish sharoitlari
hamda xo’jalik tipini o’z ichiga oladi.
Infeksiyaning organizmga kirish darvozasi ovqat hazm qilish trakti,
jarohatlangan
teri qoplamlari, nafas yo’llaridan iborat. Shunga ko’ra ishlab
chiqarish jarayonlari va maishiy sharoitlarga qarab infeksiya yuqishi alimentar,
muloqot va aspiratsion yo’llar bilan sodir etiladi. Ayniqsa, aralash yuqish yo’llari
katta ahamiyatga egadir. Qo’ychilik xo’jaliklarida muloqot yuqish yo’li asosiy
hisoblanadi. Qo’zilatish mavsumida qo’ylarni parvarishlash, tug’dirish, qorako’l
qo’zichoqlarning terisini ajratish, jun qirqish, qo’ylarni so’yish va go’shtini
nimtalash jarayonlarida, ba’zan esa go’shtni yetarlicha pishirmasdam (kabob)
iste’mol qilinganida infeksiya yuqishi mumkin. Odatda kasallik
mayda shoxli
mollardan yuqqanida nisbatan qisqa yashirin davr va klinik jihatdan
kasallanishning o’tkir boshlanishi kuzatiladi.
Qoramollar brusellez o’choqlarida esa alimentar va alimentar-muloqot yuqish
yo’llari asosiydir. Yetarlicha qaynatilmagan sutni iste’mol qilish, sigirlarni
parvarishlash, sog’ish, tug’dirish, molxonalarni tozalash jarayonlarida infeksiya
yuqadi, bu holda yashirin davr nisbatan uzoqroq va kasallik sekin rivojlanadi.
Ko’pincha sut-tovar fermalari xodimlari, sut qabul qilish punktlari, sut
zavodlari
ishlovchilari, shaxsiy sigir saqlovchilar hamda sut mahsulotlarini ko’proq iste’mol
qiluvchilar (masalan bolalar muassasalaridagilar) kasallanishadi.
Aralash tipdagi xo’jaliklarda qo’y-echkilardan Br.melitensis qoramollarga
migratsiya qilgan holatlarda kishilarning kasallanishi qo’ychilik xo’jaliklarigidek
tarzda kechadi.
Kishilarning brusellezga moyilliklari yuqori bo’lib, jinsga va yoshga bog’liq
emas, faqatgina qo’zg’atuvchisi qaysi turga mansubligi ahamiyatlidir. Qoramollar
brusellezi o’chog’ida kasallikni yuqtirganlarning 20 tadan 1 tasi, qo’y-echkilar
brusellezi o’chog’ida yuqtirganlarning esa barchasi kasallanishadi. Postinfeksion
immunitet odatda 6-9 oy davom etadi.
Dostları ilə paylaş: