147
Тaqdimot namoyishi vaqtida bir slayddan boshqa slaydga
o‘tishga yoki slayd namoyishi vaqtida kompyuterda
joylashgan fayl, veb-sahifaga murojaat etishga to‘g‘ri
kelib qoladi. Bunday vaziyatda muammoni gipermatndan
foydalanish orqali hal etish mumkin.
Taqdimotda gipermurojaat yaratish uchun turli
obyektlardan foydalanish mumkin. Masalan: matn, shakl,
rasm va h. k.
Taqdimotdagi bir slayddan ikkinchi slaydga o‘tish uchun
gipermurojaat
yaratish tartibi:
1) matndan gipermurojaat sifatida foydalanish uchun
o‘sha matn belgilab olinadi;
2) “Вставка”
(1)
→
“Ссылка”
(2)
buyruqlari tanlanadi;
3) yangi hosil bo‘lgan oynada “Место в документе”
(3)
buyrug‘i tanlanganda, taqdimotda mavjud
slaydlar ro‘yxati
(4)
ochiladi. Ro‘yxatdan kerakli slayd tanlanadi va “OK” tugmachasi bosiladi.
Dostları ilə paylaş: