II BOB.
MATN PROTSESSORIDA HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH
72
Hujjatga gipermurojaat qo‘shishda 4 xildagi obyektga murojaat qilish mumkin:
1. Ekranda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
hujjat yarating. Faylni “IT-kompаniyalar” nomi bilan
saqlang.
2. Beshta matnli hujjat yarating va ularni
“IT-kompaniyalar.docx” faylida berilgan IT-kompaniya
nomlari bilan nomlab, ishchi stolda ochilgan yangi papkaga saqlang.
3. Har bir faylga nomiga mos hamda kompaniya faoliyatiga oid ma’lumot hamda rasmlarni
joylashtiring.
4. “Вставка”
→
“Ссылка”
→
“файлом, веб страницей” buyrug‘i yordamida har bir ro‘yxat
elementini mos ravishda o‘sha nomga ega fayl nomi bilan gipermurojaat orqali bog‘lang. Faylni
saqlang.
1
– belgilangan obyektni tashqi fayl yoki veb-sahifa bilan bog‘lash;
2
– belgilangan obyektni hujjatning ichida joylashgan biror qismi bilan bog‘lash;
3
– belgilangan obyektni yangi yaratilgan fayl bilan bog‘lash;
4
– ixtiyoriy manzili ko‘rsatilgan elektron pochta bilan bog‘lash.
Deylik, hujjatda “VR” so‘zi joylashgan. Bu so‘z ayrim o‘quvchilar uchun yangilik ekanini hisobga olib,
ushbu so‘z bo‘yicha Internet saytiga gipermurojaat qo‘shib, qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyatiga
ega bo‘lish mumkin. Buning uchun mana shu so‘z belgilab olinadi va VRlar turlari yoki kerakli
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Internet-sayt manziliga gipermurojaat qo‘yiladi.
Gipermurojaat qo‘yilgan so‘zning rangi va ko‘rinishi asosiy matn rangidan boshqa ko‘rinishga
o‘zgaradi. Matnda joylashgan gipermurojaatga o‘tish uchun “CTRL” tugmachasini ushlab turgan
holda, sichqonchaning chap tugmachasi gipermatnga bir marta bosiladi.
Dostları ilə paylaş: