Quyosh energetikasi
- quyosh energiyasidan foydalanib
issiqlik va elektr
energiyasi olish bilan bog‘liq bo‘lgan soha.
Quyosh yordamida issiqlik bilan ta’minlash
- quyosh nuridan isitish, issiq suv
bilan va iste’molchilarni texnologik extiyojlarini ta’minlash maqsadida foydalanish.
Quyosh yordamida issiq suv bilan ta’minlash -
quyosh nuri energiyasidan,
maishiy- kommunal va texnologik zaruriyatlar uchun suvni qizdirib berish maqsadida
foydalanish.
Quyosh elementi -
quyosh energiyasini elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘zgartirishning turli fizik omillariga asosan ishlab chiqarilgan element.
Quyosh fotoelektrik elementi -
fotoeffekt asosidagi quyosh elementi.
Quyosh kollektori –
quyosh nuri energiyasini yutib uni issiqlik energiyasiga
o‘zgartirib beruvchi qurilma.
Quyosh energiyasi konsentratori
– nurlarni qaytish va sinish xususiyatlariga
asoslangan quyosh nuri oqimi zichligini oshirish uchun optik qurilma.
Quyosh nuri bilan isitishning aktiv tizimi
– iste’molchini isitish bo‘yicha
yuklamasini to‘la yoki qisman qamrab olish maqsadida quyosh kollektorlarida
issiqlik tashuvchini qizdirish uchun quyosh energiyasidan foydalanuvchi tizim.
Dostları ilə paylaş: