1-mavzu: auditga umumiy tavsif mavzu bo‘yicha testlar


-MAVZU. XUSUSIY KAPITAL SHAKLLANISHI VA TA’SISCHILAR BILAN



Yüklə 438,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix15.10.2023
ölçüsü438,35 Kb.
#155764
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
АУДИТ ФАНИДАН ТЕСТ

16-MAVZU. XUSUSIY KAPITAL SHAKLLANISHI VA TA’SISCHILAR BILAN 
HISOBLASHISHLAR AUDITI 
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR 
1. Aktivlarining balans qiymati 1 mlrd so‘mdan yuqori so‘mmani tashkil etadigan korxonalarda 
kamida necha nafar sertifikatsiyalangan auditor ishlashi lozim?
A. 1 nafar. 
B. 2 nafar. 
C. 3 nafar. 
D. 4 nafar. 
E. 5 nafar. 
2. Ichki auditorga tekshirish uchun huquq beradigan hujjat? 
A. Malaka sertifikati. 
B. Litsenziya. 
C. Diplom. 
D. Order. 
E. Guvohnoma. 
3. Quyidagilardan qaysi biri ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari qatoriga kirmaydi: 
A. Har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq 
ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni amalga 
oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo‘yicha); 
B. Tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza 
o‘tkazish; 
C. Buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy 
bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun 
hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahatlar berish; 
D. Texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda 
hamda auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda 
tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko‘maklashish. 
E. Kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi 
natijalari bo‘yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash. 
4. Quyidagilardan qaysi biri ichki audit xizmati majburiyatlariga kirmaydi: 
A. Ichki auditni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish. 
B. Moliya va statistika hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish. 
C. Ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish. 
D. Aktivlarni xatlovdan o‘tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o‘z vaqtida amalga 
oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish. 
E. Auditorlik tekshiruvlariga oid dalolatnomalarni direktorlar kengashiga taqdim etish. 
5. Ichki audit xizmati xodimlariga qo‘yilgan qaysi talab to‘g‘ri? 
A. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yohud O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat 
muassasasida olingan o‘rta ma’lumotga, oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi
audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) 
ega bo‘lish; 
B. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yohud O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat 
muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, 
audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) 
ega bo‘lish. 


C. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yohud O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat 
muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi besh yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, 
audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) 
ega bo‘lish. 
D. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yohud O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat 
muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi to‘rt yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, 
audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) 
ega bo‘lish. 
E. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yohud O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat 
muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi 7 yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, 
audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) 
ega bo‘lish. 
6. Ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasi kim tomonidan tasdiqlanadi? 
A. Ichki audit xizmati rahbari. 
B. Kuzatuvchi kengashi. 
C. Direktorlar Kengashi. 
D. Ta’sischilar umumiy yig‘ilishi. 
E. To‘g‘ri javob yo‘q. 
7. Ichki audit xizmati xodimlari kim tomonidan har yili attestatsiyadan o‘tkaziladi? 
A. Ichki audit xizmati rahbari. 
B. Kuzatuvchi kengashi. 
C. Direktorlar Kengashi. 
D. Ta’sischilar umumiy yig‘ilishi.
E. To‘g‘ri javob yo‘q. 
8. Ichki audit xizmatining yig‘ma hisoboti qaysi qismlardan iborat? 
A. Tahliliy qism, yakuniy qism, tasdiqlaydigan hujjatlarning to‘liq paketi. 
B. Kirish, tahliliy qism, yakuniy qism, tasdiqlaydigan hujjatlarning to‘liq paketi.
C. Kirish, yakuniy qism, tasdiqlaydigan hujjatlarning to‘liq paketi. 
D. Kirish, tahliliy qism, yakuniy qism. 
E. To‘g‘ri javob yo‘q. 
9. Yig‘ma hisobot ichki audit yakunlangandan keyin necha kun mobaynida tugallanishi zarur? 
A. 5 kun; 
B. 7 kun; 
C. 10 kun;
D. 15 kun; 
E. 30 kun; 
10. Ichki nazorat tizimi quyidagi qaysi tarkibiy qismga bo‘linadi. 
A. Siyosat va boshqaruv uslublari va tuzilmasi. 
B. Nazorat muhiti, korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi, nazorat amallari. 
S. Kadrlar masalasi va amaliyoti boshqaruv funksiyalari, mas’uliyatni taqsimlash uslublari. 
D. Barcha javoblar to‘g‘ri. 
E. To‘g‘ri javob berilmagan. 



Yüklə 438,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin