V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan



Yüklə 141,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix15.10.2023
ölçüsü141,05 Kb.
#155883
  1   2
Biosfera - Vikipediya



Biosfera
Biosfera
(bio... va yun. sphaira—shar) —
Yerning
 tirik 
organizmlar
 tarqalgan
qobigʻi. Biosferaning tarkibi va
energetikasi undagi tirik organizmlarning
faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera "hayot
qobig'i", toʻgʻrisidagi dastlabki fikrni J.B
Lamark bildirgan. "Biosfera" terminini esa
fanga 
avstriyalik
 
geolog
 
E. Zyuss
 (1875)
kiritgan. Biosfera taʼlimot toʻgʻrisidagi
toʻliq maʼlumotni rus olimi 
V. I. Vernadskiy
(1926) ishlab chiqqan.


yillik o'zgarish
B. atmosferaning ozon ekranigacha
balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km),
litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani
toʻliq oʻz ichiga oladi. B.ning quyi
chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean
tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi.
Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil
organizmlar kompleksidan iborat. Tirik
organizmlar va ular yashaydigan muhit
oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir butun
dinamik sistema—biogeotsenozlarni hosil
qiladi.


Yerda hayotning rivojlanishi davomida
organizmlarning bir guruhi ikkinchisining
oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu
geokimyoviy funksiyalarni bajarib
turadigan organizmlar nisbati
oʻzgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli
geologik davrlarda moddalar bir xil
tezlikda Yer qobigʻida toʻplanib borgan.
Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning
muhim sharti boʻlgan anorganik
muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni
saqlab turadi.
Inson faoliyati Yer yuzini tubdan
oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi
davrda B.ning rivojlanishi yangi
pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda


insonning B.ga biokimyoviy taʼsiri boshqa
barcha tirik organizmlarga nisbatan juda
katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy
resurelardan foydalanishni B.ning
rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini
nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi
(mas, oʻrmonlarning kesilishi, yerlarning
oʻzlashtirilishi, shaharlar, zavod,
fabrikalar, sunʼiy suv havzalari, yoʻllar
qurilishi va boshqalar) B.dagi biokimyoviy
jarayonlarga katta taʼsir oʻtkazmoqda.
Yer osti boyliklarini qazib olib, juda koʻp
miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar
almashinuvini tezlashtirib, B. tarkibi va
uning gomeostaz holatiga taʼsir
koʻrsatadi. Shu tufayli B.ni bir butun,
muayyan darajada tartibga solingan


murakkab dinamik sistema deb qaralishi
unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri
tushunib olishga yordam beradi. Biosfera
toʻgʻrisidagi taʼlimot ekologiya,
biotsenologiya va boshqa fanlarning
rivojlanishida, tabiat va jamiyatning
rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp
oʻta murakkab muammolarni xal etishda
katta ahamiyatta ega.
Insonning biosferaga salbiy taʼsiri. Turli
tabiiy ofatlar, ocharchilik insonlar soni
kamayishiga sabab boʻlmoqda. Masalan,
1975-yilda Xitoyda boʻlgan yer
silkinishidan 600 mingdan ortiq odam
oʻlgan boʻlsa, 1985-yilgi Mexikodagi yer
qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi vulqon


26 ming, Armanistondagi yer qimirlash 25
ming, Tojikistonda esa 100- mingdan
ortiq odamlar oʻlimiga sabab boʻldi, 2001-
yil yanvar oyi oxirida Hindistondagi yer
silkinishida 40000 ga yaqin kishi halok
boʻlgan.
Ammo insonning tabiatga koʻrsatgan
salbiy taʼsiri xilma-xildir. Masalan,
oʻrmonlardagi yongʻin sababli ming-
minglab gektar yerdagi daraxtlar, ularning
organik moddasi yonib ketadi. Atlantika
okeani ustidan uchib oʻtgan reaktiv
samolyot 35 t. kislorod yutib,
atmosferaga yutgan kisloroddan ortiq
zaharli gazlar chiqaradi. Yerga haddan
ziyod koʻp zaharli moddalar ishlatilishi


biosfera turgʻunligining buzilishiga sabab
boʻldi. 1960-90 yillar Oʻzbekiston paxta
dalalarining har gektariga 45–51 kg dan
zaharli gerbitsidlar qoʻllanilishi qancha-
qancha insonlarning ogʻir dardga
chalinishiga sabab boʻldi, qanchasi
hayotdan koʻz yumdi. Zaharli moddalar
taʼsiri ham koʻp yilar davom etadi. Turli
mamalakatlar tomonidan dunyo okeani
6-7 mlrd.t qattiq chiqindilar tashlanadi,
gidrosfera 90-100 mln. t. neft, neft
mahsulotlari shundan 19-20 mln. tonna
yer usti ekosistemasiga, 60-70 mln.
tonna atmosferaga tushadi. Shunday
texnogen sabablarga koʻra, keyingi 130 yil
ichida atmosferada CO2 miqdori 0,3%
dan 0,5% ga yetib qoldi. Ovropa


mamlakatlaridagi sanoat va transportdan
ajratilgan zaharli gazlar yerga (yomgʻir)
kislotasi shaklida tushmoqda, havoda
zaharli gazlar miqdori ortgan, masalan, 1
odamga 47 kg zaharli gazlar toʻg’ri
keladi. Atmosferadagi 70% gazlar
Shvetsiya va 80% esa Norvegiya sifatida
shamol bilan boshqa qoʻshni hududlarga
tarqaladi. Ovropa hosil boʻladigan
kislotali yomgʻirlarning 20% i Shimoliy
Amerikadan keladi. Keyingi 4-5 yil ichida
Osiyo osmonida sariq tuman hosil boʻlib,
kislotali yomgʻir 2005-yil 10, 14-iyul
kunlari Toshkentga yogʻdi. Yomgʻir sariq
zang pH=4,5 boʻlib, yomgʻir tufayli
sabzavot oʻsimliklari qurib qoldi. Bundan
150-170 yillar avval Ovropa yerlariga


atmosferadan yogʻin bilan kadmiy
elementi tushgan emas, lekin keyingi
vaqtda gektariga 5,4 - 5,5 gr kadmiy
tushmoqda. Uning odamning ayrim
bezlaridagi miqdori 1900-yilga
qaraganda 75-80 barobar ortgan. Yirtqich
qushlarda esa 132 barobar koʻpaygan.
Hattoki keyingi 100 yil ichida Pomir-Oloy
muzliklarida kadmiy miqdori 5-6-marta
oshgan. Inson ijod qilgan moddalarning,
tiriklik genetik sistemasiga salbiy taʼsiri
juda katta. Hozirgi kunda dunyo boʻyicha
koʻp miqdorda turli kimyoviy moddalar
toʻplangan boʻlib, ularning ayrimlari
mutagenlik taʼsir koʻrsatadi, ular tirik
organizm tanasida oksidlanish, tiklanish,
parchalanish va qoʻshilish jarayonlarida


hujayra organik moddalarini ifloslaydi,
organizim genetik belgisi oʻzgaradi, yaʼni
ayollar homiladorligi buzilishi, bolaning
chala tugʻlishi, bolalar oʻlimi ortishi, yurak-
qon tomir, oshqozon, jigar, buyrak, rak
kasalliklari, uyqusizlik kabi holatlar
koʻpayadi. Rivojlanayotgan
mamlakatlarda pestitsidlarni qoʻllash
natijasida har yili 375 ming odam
zaharlanadi. Ulardan yuz mingdan ortigʻi
oʻlgan. Zaharli gerbidsid va pestitsidlar
qushlar, suv hayvonlariga salbiy taʼsir
qiladi. Masalan, AQSh ning suv
havzalarida uchraydigan biologik
organizmlarning 80% i teri va jigar raki
bilan zaralangan. Kanada sudan baligʻi
jigarida shish boʻlgan, 5% li xom neftdan


suv oʻtlar, umurtqasizlar, baliqlar, tyulen
va kidsimonlar oʻladi. Suvda ayrim ogʻir
metallardan juda oz miqdorda ham tirik
organizmlarga ziyon yetadi. Yaʼni ularga
simob, (0,05 mg l) mis (0,05), kadmiy
(0,02), fenol (0,5), ammoniy (1 ml.g l),
sianit (0,05)mg. Kabilar organizmlar
harakatini buzadi koʻp baliqlar oʻladi va
insonga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
atmosfera
gidrosfera
litosfera
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yana qarang
Adabiyotlar


Vernadskiy V. I., Biosfera, M., 1967;
Otaboyev Sh. T., Nabiyev Ch. N., Inson
va biosfera, T., 1983; Biosfera.
Evolyutsiya, prostranstvo, vremya, M.,
1988.

Yüklə 141,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin