Kapsula.
Bakteriya kapsulasi polisaxarid, mukopolisaxaridlardan iborat.
Kapsula xujayrani muhim qismi emas, shu sababli fermentlar ta’sirida bakteriyaga
zarar qilmasdan uni olib tashlash mumkin. Ba’zi saprofit bakteriyalarda umumiy
kapsula xosil bo‘ladi va u zoogleya deb ataladi. Ko‘pchilik bakteriyalar
xivchinlarga ega. Ular bu xivchinlar yordamida xarakatlanadilar. Bakteriyalar
xivchinlarining xujayraning qaysi qismida joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga
bo‘linadilar:
1. Monotrixlar – bakteriya xujayrasining bir uchida bitta xivchin bor.
2. Lofotrixlar – xujayraning bir uchida xivchinlar to‘plami mavjud bo‘ladi.
3. Amfitrixlar – xujayraning ikki uchida ikki to‘plam xivchin bo‘ladi.
4. Peritrixlar – hujayraning hamma tomoni xivchin bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Xivchin bakteriyada motor vazifasini bajaradi va ularning soni, uzunligi
bakteriyaning xususiyatiga bog‘liq. Xivchinning tarkibi flagellindan iborat.
Bakteriyalarning xarakati taksis deyiladi. Uning qaysi omilga nisbatan xarakati,
masalan xemotaksis (kimyoviy moddalarga nisbatan havocha), aerotaksis,
fototaksis (yorug‘likka nisbatan) deb nomlanadi.
Xivchinlardan tashqari bakteriyalarda fimbriy va pililar ham mavjud.
Fimbriylar xivchinlarga nisbatan uzun va ingichka bo‘lib, uzunligi 0,3-4 mkm, eni
5-10 nm bo‘lib, soni 1000 gacha yetib boradi. Fimbriylar bakteriyaning substratga
yopishishini ta’minlaydilar. Pili esa, jinsiy fimbriy bo‘lib, ichi bo‘sh kanaldan
27
iborat. Bu kanal orqali bakteriya kon’yugatsiyada qatnashayotgan boshqa bir
bakteriyaga genetik axborotni yetkazadi.
Spora xosil bo‘lishi.
Spora dumaloq yoki oval shaklda bo‘lib,
mikroorganizmlarning evolyutsiyasida muayyan bir turning saqlanishi uchun
hizmat qiladi. Spora bakteriyalarini tashqi noqulay faktorlardan saqlashi va
sporalar yordamida ko‘payishi mumkin.
Ko‘pincha tayoqchasimon bakteriyalar spora hosil kiladi va batsilla deb
nomlanadi.
Spora hosil bo‘lishi to‘rt bosqichdan iborat:
1. Tayyorlanish bosqichi.
2. Spora oldi bosqichi.
3. Qobiq hosil bo‘lish bosqichi.
4. Yetilish bosqichi.
Batsillalarning noqulay sharoitga tushishi bilan hujayraning ichki
strukturasida o‘zgarishlar hosil bo‘lib, ma’lum bir qismidagi protoplazma
quyuqlasha boshlaydi va spora oldidagi membrana tashkil topadi, so‘ngra shu joy,
zich va bir necha qavatli qobiq bilan o‘raladi. Hujayraning qolgan qismi esa asta-
sekin yemiriladi va spora yetiladi. Shunda uning hajmi, vegetativ shaklli
mikrobning xajmiga ko‘ra o‘n baravar qisqaradi. Bakteriyalarning spora hosil
qilishida birqancha tiplari mavjud: Oddiy-batsilyar tipda bo‘lsa, spora hosil qilgan
bakteriyaning shakli o‘zgarmaydi, masalan, Bac.megaterium, Klotridial tipda spora
hosil qilganda B hujayra shakli dugsimon (romba) shakliga o‘xshaydi. Masalan,
moy kislotali bakteriya. Ular yana plektridial tipda spora hosil qilish uchraydi. B.
h-rasining shakli baroban tayoqchasi ko‘rinishini oladi. Shu tariqa bakteriya
hujayrasi 18 - 20 soatda sporaga aylanadi.
Sporalar bakteriya hujayrasining turli yerlarida joylashishi mumkin. U
hujayraning o‘rtasida o‘rnashsa, markaziy spora, bir uchida bo‘lsa - terminal spora,
bir uchiga yaqin joylashsa subterminal spora deb ataladi. Sporalarning joylashishi
laboratoriyada mikroblarning turini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Har xil
mikrob turlarining sporalari turli shaklda bo‘ladi. Bular sharsimon, cho‘zinok
(oval) bo‘ladi.
Sporalar ekzina (tashqi) va intina (ichki) qavatlardan iborat bo‘lib, ekzina
qavati sitoplazmani tashqi omillaridan himoya qiladi. Intina esa sporaning o‘sib
chiqishiga yordam beradi.
O‘sish davriga o‘tishda sporaning bir qutbidan yoki markazidan hujayra o‘sa
boshlaydi. Hujayra sporaning bir qutbidan chiqsa
qutbli
, o‘rta qismidan chiqsa
ekvatorial
o‘sish deb ataladi.
Spora hosil qilish jarayoni turg‘un hodisadir. Biroq batsillalar zaharli
moddalar ta’siriga uchrasa, noqulay sharoitga tushib qolsa, yuqori temperaturada
o‘stirilsa yoki sun’iy oziq muhitlariga ko‘p marta takrorlab ekilsa, sporalar hosil
qilish xususiyatlarini yo‘qotadi. Bunday organizmlar
asporogenli
irq
deb ataladi.
Savollar
.
1. Bakteriya hujayra tuzilishini tushuntiring.
2. Kapsula nima?
28
3. Yadro apparatining vazifasi nimada?
4. Bakteriyalar qanday ko‘payadilar?
5. Bakteriyalar tasnifi qanday tuzilgan?
6. Tarkibida DNK bo‘lgan viruslar haqida gapiring.
7. Faglar tuzilishini tushuntirib bering.
8. Fitopatogen viruslar qanday oilalarga bo‘linadi?
Dostları ilə paylaş: |