«O‘zdavenergonazorat» elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi. -T.:
Mehnat. 2016.
Qo‘shimcha adabiyotlar
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va
xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza 2016 yil 7 dekabr. – T.: “O‘zbekiston”
NMIU, 2016.
1
–ma’ruza
. Elektr tokining inson organizmiga
ta’siri
.
Reja:
I.
Elektr tokining inson organizmiga
ta’siri
.
II.
Elektr toki
ta’siriga
tushgan kishiga birinchi tibbiy
yordam
ko‘rsatish
.
III.
Umumiy talablar.
IV. Xodimlarga talablar.
V.
Sinov savollari.
I. Elektr tokining inson organizmiga
ta’siri
.
Elektr toki ta’siridan inson organizmida termik (issiqlik),
elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi.
Elektr tokining issiqlik ta’siri inson tanasining ba’zi
uchastkalarida
kuyish,
qon
tomirlari,
asab
va
hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik
ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi
tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik vv
ximik xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladigan holat
tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak
tizimini
kesib
o‘tmasdan
tananing
ba’zi
bir
uchastkalarigagina ta’sir ko‘rsatishda ro‘y beradi.
I - muskullar keskin qisqarilishi natijasida odam tok
ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi;
II - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini
yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi;
III - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini
yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.
IV - klinik o‘lim holati, bunga insonga hech qanday
hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi.
Elektr tokining biologik ta’siri bu tirik organizm uchun xos
bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida inson
organizmidagi tirik hujayralar muskullarning keskin qisqarishi
natijasida to‘lqinlashadi, bu asosan organizmdagi bioelektrik
jarayonlarning buzilishi natijasida ro‘y beradi. YA’ni inson
organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi.
Bunga tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining
ta’siri, bu biotoklar rejimini buzib yuboradi va buning natijasi
sifatida inson organizmida tok urish hodisasi vujudga keladi.
Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi
bir vazifalari bajarilmay qoladi, nafas olish tizimlari ishlarining
buzilishi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k.
|