Ratsionalizatorlik
Ratsionalizatorlik
— texnika vositalari,
i.ch. texnologiyasi, mashina detallari,
tayyor mahsulot va boshqalarni
takomillashtirishga doir yangi texnik
yechimlar hamda takliflarni ishlab chiqish
bilan shugʻullanish. R.ning ixtirochilikdan
farqi (qarang
Ixtiro
) shundaki, u muayyan
ishlab chiqarish, korxona bilan, bironbir
texnologiya, mashina va qurilmaga
yangilik kiritish bilan bogʻliq boʻladi, R.
aniq bir mashina, texnologik jarayon,
detal va boshqalarni takomillashtirishga,
ish unumdorligini oshirishga, ishlab
chiqariladigan mahsulot sifatini
yaxshilashga qaratiladi. Masalan, paxta
terish mashinasining asosiy paxta terish
organi — shpindelini takomillashtirishga
doir taklif R. taklifi hisoblanadi. R. taklifi
berish shartlari, uni muhofaza qilish
tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Kengashi tomonidan 1994-yil qabul
qilingan qonunda belgilab qoʻyilgan. R.
uchun guvohnoma berish ishlari
Oʻzbekiston Respublikasi patent idorasi
tomonidan amalga oshiriladi
Ixtirochilik huquqi
[1]
.
Yana qarang
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Ratsionalizatorlik&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Manbalar
Bu sahifa oxirgi marta 1-May 2023, 18:48 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Ratsionalizatorlik&oldid=36
82835" dan olindi
Dostları ilə paylaş: |