tuyg’usi, iymon va vijdon doirasida mehr–muruvvat ko’rsatish (Musurmonova O.:
“Ma’naviy
qadriyatlar
va
yoshlar
tarbiyasi”.
58–bet).
O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida yoshlar “ta’lim–tarbiyasi
insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” davlat siyosatining asosiy
printsiplaridan biri sifatida talqin etiladi. Ushbu sharafli g’oyalarni amalga oshirib,
yoshlarni, bilimli va aqliy jihatdan kamol toptirishda avvalo o’qituvchining qizg’in
mehnat faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ham yurtimizda
barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalasi dolzarb vazifa sifatida
e’tirof etilmoqda. Bunda farzandlarimizning
nainki jismoniy, balki axloqiy va
ma’naviy barkamol bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun
o’qituvchining o’zida bekamu ko’st takomillashgan,
eng yuksak umuminsoniy
qadriyatlar tuyg’usi bo’lishi kerak. Bu tuyg’u, uning mukammal shakllangan
pedagogik mahorati qirralarida doimo o’z aksini topishi zarur. Inson bolasi
yoshligidan to umrining oxirigacha ilm olib, aqliy kamolot sari intilar ekan, barcha
umuminsoniy qadriyatlarga ilm tufayli erishadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlarning
muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi mehnat
faoliyatining umuminsoniy
qadriyatlarga yo’naltirilganligiga bog’liq. Bu keng qamrovli va salmoqli omillar
asosida o’qituvchining butun umri davomida amalga oshiradigan ko’p qirrali
pedagogik faoliyati mujassamlashgan. O’qituvchi o’zining qizg’in mehnat faoliyati
va kasbiy mahorati bilan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga nechog’lik boy
ekanligini ta’lim-tarbiya jarayonida namoyish etadi. O’qituvchi pedagogik
mahoratini o’zining halol mehnati bilan takomillashtirib boradi.
Ushbu mehnat
natijasida inson komil bo’lib voyaga etishi lozim, buning uchun ma’naviyat va
qadriyatlar yuksalishi, inson keng ma’nodagi ma’naviy shaxsga aylanishi kerak.
O’qituvchi mehnatining natijasi bo’lmish komil inson yuksak ma’naviyatni
yaratadi va rivojlantiradi, umumbashariy qadriyatlarni asraydi. Uning o’quvchilar
jamoasi bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatidagi barcha yutuqlari ushbu
qadriyatlar tufaylidir.