Internetning
axborot,
kommunikatsion
funksiyalari.
Internetning
ikkita asosiy
vazifasi bo`lib, buning birinchisi axborot makoni bo`lsa, ikkinchisi
esa kommunikatsion
vositasidir. Internetning axborot funktsiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab
etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo`lsa, ikkinchidan
u axborotlarni keng
ommaga, jahon miqyosida nihoyatda tez sur'atda e'lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi
bilan ifodalanadi. Internetning yuqori suratlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va
nashrchilikda keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida Nyu-Yorkdagi yoki
Frantsiyadagi eng so`nggi xabarlarni
Toshkentga yetkazib berish, gazeta va o`quv darsliklarni
tayyorlash, nashr qilish hamda ularni keng o`quvchilar
ommasiga tarqatish, hozirgi mavjud
usullardan bir necha o`n
barobar arzon, tez va samaraliroq bo`ladi. Ma'lumot uchun: Hozirgi
kunda 240 sahifali tayyor o`quv qo`llanmani tipografik usulda 100 00 nusxada chop etish va uni
tarqatish 9-10 million so`m mablag` talab qilsa, uning elektron nusxasini tayyorlash va internet
sahifasiga joylashtirish uchun esa 7-8 yuz ming so`m mablag` zarur bo`ladi,
binobarin undan
foydalanuvchilar
sonining
chegarasi
bo`lmaydi.
Internetning
kommunikatsion
funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o`zaro muloqot qilish imkoniyatini yaratib
berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida
internet elektron pochtasi
, internet-telefon va
real vaqt oralig`idagi
bevosita xabar almashish, chat-konferentsiya yordamida amalga
oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin