30. Quyida keltirilgan talab qaysi tayanch kompetensiyaning elementi hisoblanadi?
"Xalqning tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini bilish va saqlash va jamiyatda
o'rnatilgan axloqiy me'yorlarga hurmat".
31. Quyida keltirilgan talab qaysi tayanch kompetensiyaning elementi hisoblanadi?
«Kundalik faoliyatda turli shakllar, modellar, chizmalar, grafikalar va
jadvallardan foydalanish»
32. Quyida keltirilgan talab fanga oid qaysi kompetensiyaning elementi
hisoblanadi? «Natual, butun va ratsional sonlarni o'qish, yozish, taqqoslash,
tartiblash va turli shakllarda ifodalash»
33. Quyida keltirilgan talab fanga oid qaysi kompetensiyaning elementi
hisoblanadi? "Matematik muammolar va o'rganilgan vaziyatlarda bilishning
asosiy metodlaridan (tahlil, sintez, o'xshashlik, umumlashtirish va tasniflash)
foydalanish"
34. Ta'limda innovatsiyalarning o'ziga xos xususiyatlari ...
35. Matematika PISA imtihonlarida o‟quvchilar qanday muammolarga duch kelishi
mumkin?
36. PISA tadqiqotlari natijalariga qaysi bandda keltirilgan?
37. STEAM o‟quvchilarda qanday muhim xususiyatlar va ko‟nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi?
38. Qaysi bandlarda Singapur matematikasining asosiy xususiyatlari keltirilgan?
39. Bir xil sondagi ikki g„ildirakli va uch g„ildirakli velosipedlar bolalar o„yinchoq
do„konida sotilmoqda. Barcha velosipedlar g„ildiraklari umumiy soni qancha
bo„lishi mumkin? (PISA topshiriqlaridan)
40. Xaridor mavsum paytida narxi 750 ming so„m bo„lgan qishki ko„ylakni arzon
narxlarda sotish paytida chegirma narxida 300 ming so„mga sotib oldi. Xaridor
necha foiz mablag„ini iqtisod qilgan? (PISA topshiriqlaridan)