profili deyiladi. Kesuvchi vertikal tekislikning
yo`nalishi qabul qilingan yo`nalishga, masalan, yo`l ko`tarmasining o`qiga to`g’ri
kelsa bo`ylama profil, perpendikulyar bo`lsa
ko`ndalang profil deyiladi.
Topogafik sirtning I tekislik bilan kesganda hosil bo`lgan profilini P va I
tekisliklarning o`zaro kesishish chizig’i bilan kesishgan nuqtasi biz izlagan yuqori
nuqta bo`ladi. Profil va P tekislikni I vertikal tekislikka parallel V tekislikdagi
proyeksiyasi yasalgan. Buning uchun I-I iz (ya`ni P
ί
) ga parallel qilib OX o`qi
o`tkazilgan. So`ngra OX o`qning O tomonidan shu o`qqa perpendikulyar to`g’ri
chiziq o`tkazib, chiziqli masshtab bo`yicha darajalarga bo`lib, 1,2,3…,6
nuqtalardan OX o`qiga parallel chiziqlar o`tkazilgan. I vertikal tekislik izi (I-I)
bilan topogafik sirt gorizontallari son belgili proyeksiyasining kesishgan
nuqtalaridan OX o`qiga perpendikulyar chiziqlar o`tkazilgan. OX o`qiga
perpendikulyar va parallel o`tkazilgan chiziqlar mos ravishda kesishib,
topografik sirt profiliga oid 0',1',2',3',...0'
1
nuqtalarni hosil qiladi. Hosil bo`lgan
nuqtalarni ketma-ket tutashtirib topografik sirtning profili (I tekislik bilan
topografik sirtning kesishish chizig’ini V tekislikdagi proyeksiyasi) hosil qilingan.
P tekislik V tekislikka perpendikulyar bo`lganligi sababli uning V tekislikdagi
proyeksiyasi to`g’ri chiziq, (ya`ni uning V tekislikdagi izi (P
V
) da) bo`ladi. P
tekislikning I tekislik bilan kesishishish chizig’ining V tekislikdagi proyeksiyasi
ham shu P
V
da bo`ladi.
P
V
izni yasash uchun P tekislikning ixtiyoriy ikkita nuqtasi masalan, son
belgili proyeksiyasi e
0
va ℓ
5
bo`lgan E va L nuqtalarining V tekislikdagi
proyeksiyasi topiladi. E nuqta H tekislikda yotganligi uchun uning V tekislikdagi
proyeksiyasi (e') OX o`qida bo`ladi, L nuqta 5 m balandlikda bo`lganligi sababli
uning V tekislikdagi proyeksiyasi (ℓ') ℓ
5
nuqtadan OX o`qiga o`tkazilgan
perpendikulyar chiziq bilan darajalarga bo`lingan OX o`qga perpendikulyar
chiziqning 5 nuqtasidan o`qga parallel chizilgan to`g’ri chiziqning kesishish
nuqtasi bo`ladi. e' va ℓ' nuqtalar orqali to`g’ri chiziq o`tkazib P tekislikning V
tekislikdagi proyeksiyasi hamda mazkur tekislikdagi izi P
V
hosil qilingan. Bu iz
bilan profilning kesishish nuqtasi (c'), topografik sirt bilan P tekislik kesishish
chizig’ining yuqori nuqtasi bo`ladi. c' nuqtadan OX o`qiga o`tkazilgan
perpendikulyar chiziq bilan I-I chiziqning kesishish nuqtasi (c) kesishish chizig’i
yuqori nuqtasining H tekislikdagi proyeksiyasi bo`ladi. Uning son belgisi c c'
bog’lovchi chiziq bilan P
ί
chiziq kesishish nuqtasining son belgisi (4,4') ga teng
bo`ladi.