09.10.2023, 23:44
Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida - Xalq so'zi
https://xs.uz/uz/post/qishloq-khozhaligida-er-va-suv-resurslaridan-samarali-fojdalanish-chora-tadbirlari-togrisida
4/8
Bunda sugʻoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovining 90 foizi, lalmi yerlar va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar egallagan
yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya toʻlovining 95 foizi Respublika byudjetiga hamda mos ravishda 10 va 5 foizi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga
oʻtkaziladi.
Ushbu meʼyor oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zararni
hisoblashda ham qoʻllaniladi hamda hisoblangan mablagʻlarning 95 foizi Respublika byudjetiga va 5 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalarining rivojlantirish
jamgʻarmasiga undiriladi;
sugʻoriladigan yerlar hisobidan bogʻdorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish uchun
yer ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
yangi fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalari suvdan foydalanish joylarida suvni
Dostları ilə paylaş: