Toponimika va geografik terminshunoslik


Joyning tabiiy xususiyatlarini ifodalovchi nomlar



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
1. Joyning tabiiy xususiyatlarini ifodalovchi nomlar. 
“Toshkent 
yetti qiru yetti o'rda o'rnashgan” degan ibora bor. Haqiqatdan ham shunday. 
Navoiy ko'chasida Anhor ko'prigi ustida Chorsu tomonga diqqat bilan nazar 
solsangiz, shahrimiz yer yuzasining o'r - qirligini ko'rasiz. Yer yuzasining 
bunday holati shahardagi joy nomlarida aks etgan. Masalan, Jarariq, 
Jarko'cha, Chuqursoy, Chuqurko'prik, O'rko'cha, Zahariq, Pastak degan 
nomlar bor. Bular shahar yer yuzasining past, soylik joylariga to'g'ri keladi. 
Oltintepa, Sho'rtepa, Kuloltepa, Oqtepa, Ganchtepa kabi joy nomlari qir
balandlik joylarga to'g'ri keladi.
Toshkent juda qadimdan sug'orib dehqonchilik qilinadigan vohada 
joylashgan. Chirchiq daryosidan juda ko'p ariqlar chiqarilgan, aholini suv 
bilan ta'minlash uchun quduqlar qazilgan, hovuzlar bunyod etilgan. Ko'p joy 
nomlari mana shu inshootlar bilan bog'liq holda paydo bo'lgan. Bularga 
Bo'zariq, Damariq, Zog'ariq, Shofayziquloq, Shoshariq, Tarnovboshi, 
Jo'nariq, Tersariq, Qorasuv, Shirinquduq, Kattahovuz, Sassiqhovuz, 
Hovuzlik kabi nomlar misol bo'ladi.
1
H.Hasanov Geografik nomlar siri. 1985. 101-bet


29
Toshkentda o'simliklar bilan bog'langan joy nomlari juda ko'p: 
Bodomzor, O'rikzor, Olmazor, Sebzor, Qatortol, Qatorterak, Yettiterak, 
Ko'kterak, Yakkatut, Qo'shtut, Yong'oq, Beshqayrag'och, Mingo'rik, 
Chilonzor, Qoraqamish kabi nomlar shular jumlasidandir. Hayvonlar nomi 
ilan bog'langan nomlar kamroq uchraydi: Bo'rijar, Kaptarxona, Sakbon 
(Sag'bon), Chivintepa va boshqalar.
2. Toshkentda shaharning boy tarixi kabi 
tarixiy nomlar 
ham ko'p. 
Anhor, Jangob, Beshyog'och, Xadra, Chorsu, Namozgoh, Salor, Darxon, 
Arpapoya, Kamolon, Eskijo'va kabi nomlar bilan qanchadan qancha tarixiy 
voqealar bog'langan. Anhor arabcha “nahr” - daryo so'zining ko'plik shakli. 
Toshkentdagi ariqlar umumiy nom bilan anhor deyilgan. Bu arablar istilosi 
davridan qolgan nom. Hozirgi vaqtda Toshkentni suv bilan ta'minlaydigan 
ariqlardan eng kattasi Anhor nomi bilan ataladi.
Jangob nomi ayrim tadqiqotchilarning fikricha, jang bo'ladigan joy. 
Aslida jang tomoshalari, sport o'yinlari o'tkaziladigan joy bo'lgan. 
Beshyog'och nomi uzunlik (masofa) o'lchov birligidan olingan. Bir yog'och 7
- 8 kmga teng bo'lgan. Eski Toshkentdan Beshyog'och darvozasigacha 
masofa besh yog'ochga teng bo'lgan. Shundan darvoza nomi shunday deb 
atalgan. Hadra ikki so'zdan: had - chegara va roh - ko'cha so'zlaridan hosil 
bo'lgan. Bu ko'cha xon o'rdasidagi chegara ko'cha bo'lgan. Chorsu to'rt suv 
emas. To'rt nomi ma'nosini anglatadi. Toshkentning asosiy ko'chalari shu 
yerda kesishgan (tutashgan). Binobarin, Chorsu chorraha so'zidan kelib 
chiqqan. Chorsuning bozor degan ma'nosi ham bor.
Arpapoya nomining arpa ekilgan joyga hech bir aloqasi yo'q. U ikki 
so'zdan “aropa” - handak va “poy” - oyoq - chekka so'zlaridan iborat. 
Qadimda ko'pchilik o'rta asr shaharlari kabi Toshkent atrofiga ham mudofaa 
handagi qazilgan. Hozirgi Arpapoya o'rnidagi handak chekkadagi, poy -
oyoqdagi handak bo'lgan.
3. Toshkent juda qadimdan hunarmandchilik markazi bo'lib kelgan. 
Shu boisdan 

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin