4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o ‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi
savollar berilib,
ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
T a ’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab
etadigan sohadir.
T a ’lim t iz im i d a islo x o tla rn i a m a lg a oshirish j a r a y o n i d a
o ‘qituvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va
b a h o la s h h a m y a n g ic h a m a z m u n kasb etdi. D avlat t a ’lim
standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o ‘quv dasturining amaliyotga
joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga
nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik
texnologiyalar olib kirilayotganligi, o ‘quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli
yo'llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi
t a ’lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga
oshirilayotganligi kabi
holatlar k o ‘zga tashlanayotgan bir vaqtda o ‘quvchilarning bilim,
ko ‘nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar
yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
0
‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi
va zamon talablariga javob bera olmagani uchun uni reyting tizimi
asosida baholash uslubi bilan almashtirish davr taqozasiga aylandi. Shu
o ‘rinda «qanday sabablarga ko‘ra besh balli baholash mezoni o ‘zini
oqlamadi?» degan savolga javob berish o ‘rinlidir:
Birinchidan,
0 ‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» ta ’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida
rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqo‘llikni,
o ‘qituvchining mustabidligi ham da uning t a ’lim jarayonida yakka
hukmronligini t a ’minlashga xizmat qilib kelgan.
Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq
kelmaydi.
lkkin ch id a n ,
baholash mezoni o ‘qituvchi va o ‘quvchi o ‘rtasida
ixtiloflarni
keltirib chiqarishga emas, aksincha, o ‘zaro faol hamkorlik,
bir-birini tushu n a olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan,
baholash mezoni faqatgina o ‘quvchilar tom onidan
bilim, ko‘nikma va malakalarning o'zlashtirilish darajasini nazorat qilish
uchungina emas, balki ta ’limni tashxis etishning faol ko'makchisiga
aylanishi zarur.
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi
dastlabki baholar q o ‘yish tartibini bildirib,
mohiyati esa baholarning
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘rtasidan kelib chiqqan holda choraklik (yillik) o'zlashtirish natijalarini
aniqiash tartibidan iborat.
Masalan, o'quvchi biror o'quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va
5 ga bajargan, joriy nazorat bo'yicha ham shunday natijalarni qayd
etgan bo'lsa, unga chorak uchun «4» baho qo'yiladi. Bu esa joriy,
o ra liq va yakuniy n a z o ra t pay tid a yaxshi tay y o rg a rlik k o 'r g a n
o'quvchining ijobiy baholanishi o'rniga, chorak yoki yil oxirida muayyan
m a v z u d a n «5» b a ho g a berilgan jav o b la rin in g m u tl a q o in o b atg a
olmasligiga sabab bo'ladi..
Reytingtizimida o'zlashtirish natijasi nazoratning ko'rsatilgan barcha
shakllardan o'tish jarayonida to'plangaii ballarni qo'shish yo'li bilan
aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o'quv
fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5,
8
, 7 ball qo'yilsa, o'quvchining
chorak yoki yarim yillik uchun to'plagan bali 27
ballni tashkil etadi,
bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting balini
to'plam aguncha va barcha nazorat shaklidan o 'tm a g u n c h a attestatsiya
qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim
o'rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir q a to r afzalliklarga ega, chunonchi:
— t a ’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
— o'quvchi bilimini eng adolatli
mezonlar y ordam ida aniqiash;
— t a ’limni standartlashtirish jarayoni uchun zaru r imkoniyatlarni
ochib berish;
— t a ’lim standartlarida k o 'z d a tutilgan o 'q u v dasturiga kirgan
majburiy ixtiyoriy mavzularning to'laligicha o'zlashtirilishi;
— o'quvchilarda o 'z ustida mustaqil ishlashga intilish, erkin fikr
yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
— o'quvchilarda yom on baho olishga bo'lgan q o 'rq u v yo'qolib,
uning o'rniga bilimlarni ixtiyoriy o'zlashtirish, mavjud kamchilik va
nuqsonlarni bartaraf etish yo'lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi.
Boshqacha
aytganda, qo'rquv o'rniga intilish, rejalashtirish, harakat
qilishga ehtiyoj tug'iladi, o'rganishga nisbatan qiziqish ortadi.
Dostları ilə paylaş: