NAZORAT SAVOLLARI:
1. Yoqilg‘i-energetika resurslari nimalardan tashkil topgan?
2. Tabiiy resurslarning tasniflari to‘g ‘risida m a’lumot bering.
3. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyotida nim alarga aham iyat
beriladi?
4. Shartli yoqilg‘i nima?
5. D avlatning en ergiya tejash siy o sati d eganda nim ani
tushunasiz?
6. Energiya tejashning iqtisodiy samaradorligi nima?
7. Elektr energiyani ishlab chiqarishdagi sam aradorlikning
asosiy ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?
8. Respublika elektr energetikasining energetik resurslarini
iqtisod qilishning asosiy y o ‘nalishlari nimalardan iborat?
14
3-BOB. 0 ‘Z B E K IS T 0 N SANOATI SO H A LA R IN IN G
SA M A R A D O R LIG I VA DAVLAT NAZO RATI
Yoqilg‘i - energetika majmuasining tezkor rivojlanishi bizning
davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi b o iib qoladi.
Mamlakat rahbariyati qabul qilgan choralari natijasida, 0 ‘zbe-
kiston 1995-yildayoq neft va umuman energetika m ustaqilligiga
erishdi. Hozirgi paytda respublikaning o ‘z -o ‘zini ta ’m inlashini
hisobga olib, sanoat sohalari ustuvor rivojlanishi asosida respublikani
zaruriy sifatga ega b o ‘lgan energiyaresursga bo‘lgan talabini o ‘rta
muddat va uzoq muddatli qoniqtirish choralari ko‘rilmoqda.
H ozirgi paytda neft va gaz sanoati va elektr energetika
(iqtisodiyot rivojlanishining asosi b o ‘lib) 0 ‘zbekiston rivojlanishi
dinamik ravishda o ‘sib borish y o ‘nalishini ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy strategiya energetik m ustaqillik va xavfsizlikni
ta ininlashni, energetik samaradorlikni va atrof-muhitga energetika-
ning salbiy ta’sirini pasaytirish masalasini qo‘yadi. Bu masalalami hal
etish uchun ilm-fan yutuqlariga asoslangan, ekologik jihatdan toza,
yanada xavfsizlikni ta’minlaydigan energetikani, energiyabalansning
optimal tuzilmasini, energiya tejam korlikni boshqarishning ilg‘or
prinsiplari va usullarini, ishlab-chiqarish energiya samaradorligini
va energiya resurslarini iste’mol qilish, shujum ladan, elektr energiya
samaradorligini oshirishni talab qiladi.
Sanoat korxonalarining energetik x o ‘jalig i sam aradorligini
osh irish n in g aso siy m asalalari, bu: te x n o lo g ik ja ra y o n la rn i
takomillashtirish, uskunalami ishlatish sifatini yaxshilash, birlamchi
yoqilg4 i va boshqa energetik resurslarning sarfini minimalga keltirish,
berilgan sanoat m ahsuloti sonini, ishlab - chiqarishda xizm at
k o ‘rsatayotgan ishchi-xizmatchilar sonini va kapital qo‘yilmalarini
15
qisqartirish, energiya manbalari quvvatini oshirishdan iborat.
B ularning ham m asi ishlab-chiqarish korxonasi tom onidan
energetika ta'm inoti va energiyadan foydalanishning tanlangan
tizimini belgilaydi.H ozirdaishlayotganko‘pchilikkorxonalarningva
yangi qurilayotgan korxonalarning energiya ta’minot va energiyadan
foydalanish tizimi ularni qurishning ratsional imkoniyatlariga javob
bermaydi.
Sanoat korxonalari issiqlik iste’m olining talabiarini 70 % ni
o ‘z manbalari hisobiga va 30 % energiya tizimi hisobidan yopishni
ta’minlaydilar. Loyihalash tashkilotlari issiqlik ta’minoti sxemasi
variantlarini tanlashda, k o ‘pincha, minimal kapital sarfdan kelib
chiqadilar va bunda ishlatish afzalliklari, sxemalarning energetik
va iqtisodiy samaradorligi hisobga olinmaydi va ishlab chiqarishni
issiqlik hamda elektr energiya bilan ta’minlash masalasini ajratilgan
(izolyatsiya) sxema b o ‘yicha, y a ’ni elektr energiyani - energiya
tizimdan, issiqlikni mahalliy yoki tuman qozonlaridan ta’minlanish
sxemasini qabul qilishadi.
B oshqa energetika resurslarini aralash ishlab chiqarishini
k o ‘rib chiqish, m asalan, siqilgan havo, kislorod va hokazolar
umuman am alda q o ‘llanilm ayapti, bundan o ‘z tarkibida domna
pechlari bo‘lgan qora metallurgiya korxonalari sxemasi mustasno.
M a’lumki, zamonaviy tog‘-kon korxonalari uchun siqilgan havoga
b o ig a n xarajatlar barcha energiyaga b o ‘lgan sarf-xarajatlarning
40% ni tashkil etadi. M etallurgiya korxonalardagi va jam i sarf-
xarajatlarning 50% siqilgan kislorod va texnologik kislorod uchun
sarflanadi. Energetik resurslardan majmuaviy foydalanish, ayniqsa,
ikkilamchi energoresurslarni foydali qilish millionlab tonna shartli
yoqilg‘ini tejash imkonini beradi. Energiya ta ’minotining optimal
tuzilishi, faqat texnik-iqtisodiy tahlil va ushbu ishlab-chiqarish
korxonasining energiya sarfmi kam aytirish b o ‘yicha tadbirlarni
ishlab-chiqish asosida aniqlanadi.
16
|