Sine Wave blokidan foydalanishga misol 10.1-rasmda ko‗rsatilgan.
Unda model vaqtining qiymati
Sine Wave 1 bloki uchun
Sample time = 0 va
Sine Wave 2 bloki uchun
Sample time = 0.1 olingan. Chiqish
signallarining grafiklarini aks ettirish uchun modelga virtual ossillograf
(
Scope ) kiritilgan.
10.1-rasm. Sine Wave bloki
75
Chiziqli o‘zgaruvchi ta’sir manbasi Ramp Vazifasi :
y
= Slope* time + Initial value ko‗rinishdagi chiziqli signalni shakllantiradi
. Parametrlari :
1.
Slope — chiqish signali o‗zgarishining tezligi.
2.
Start time — signal shakllanishining boshlanish vaqti.
3.
Initial value — blok chiqishidagi signalning boshlang‗ich
sathi
Ramp blokidan foydalanishga misol 10.2-rasmda keltirilgan.
10.2-rasm. Ramp bloki
Pog‘onali signal generatori Step Vazifasi :
Pog‗onali signalni shakllantiradi.
Parametrlari :
Step time – signalning o‗zgarish vaqti (s);
Initial value – signalning boshlang‗ich qiymati;
Final value – signalning so‗nggi qiymati.
Signalning o‗zgarishi katta tomonga (so‗nggi qiymati boshlang‗ich
qiymatidan katta) yoki kichik tomonga (so‗nggi qiymati boshlang‗ich
qiymatidan kichik). Boshlang‗ich va so‗nggi sathlarning qiymatlari manfiy
ham bo‗lishi mumkin, masalan, signal -5 sathdan -3 sathgacha o‗zgaradi.
76
Pog‗onali signal generatorining ishlatilishiga misol 10.3-rasmda
ko‗rsatilgan.
10.3-rasm. Step bloki