Bosh sahifa
»
Oliy ta’lim
» Talabalar bilimini baholash
Talabalar bilimini baholash
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Talabalarning bilimini baholash mezonlari
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy krlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda
qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib byeradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi,
ifodalay oladi, aytib byeradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib byeradi
hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga
ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini
qayta topshirishga fakul
ь
tyet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
Oraliq nazorat
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy
ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.
Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2-martagacha o‘tkazilishi mumkin.
Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo‘lgan fanlar
bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi.
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Oraliq nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan
amalga oshiriladi.
Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha fanlar bo‘yicha «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholangan talaba
keyingi kursga o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat
Akademik qarzdorlikni topshirish muddatlari
Baholash natijalarini ko‘rib
chiqish
Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakul
ь
tyet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellatsiya komissiyasiga
apellatsiya berish huquqiga ega.
Apellatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya
raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida
apellatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib
chiqilishi lozim.
Talabaning apellatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳуқуқий ёрдам керакми?
Apellatsiya komissiyasi talabaning apellatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda
talabaning tegishli fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatiladi.
Normativ hujjatlar
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom
Ҳуқуқий ёрдам керакми?
Dostları ilə paylaş: |