Yaratilgan sanasi: Sat, 23 Sep 2023 19:12:12 +0500 Page 4 11-savol: Qobusnoma asarida U narsaga quyidagicha ta'rif beriladi. "Uchi ilon tillaridek o'tkir,qaddi oy kabi egik".
Savol:U nima ekanini 2 o'zakli 1 so'zda yozib bering.
Javob:Patqalam
12-savol: Yozuvchi Jon Byorjer so'zlar va his tuyg'ular ham adaptatsiyaga uchrashi haqida gapirar ekan ushbu
jarayonni misol qilib ko'rsatadi.Yozuvchi bu xolatni sovuq o'lkalarda yashovchi eskimoslarni issiq o'lkaga
olib kelib ustiga qalin kiyim kiydirishga o'xshatadi. Savol:Bu xolat yoki jarayon deganda nima nazarda
tutilgan?
Javob:Tarjima
13-savol: Manbaalarga ko'ra Buxorodagi minorai kalondan qadimda 4 ta asosiy vazifa yo'lida foydalanilgan.
1.Musulmonlarni namozga chorlash. 2.Buxoroga yaqinlashayotgan dushmandan axolini ogohlantirish
uchun. 3.Sayyohlar va uzoq o'lkalardan keladiganlar uchun mayoq sifatida. 4-maqsadda
foydalanilayotganda Minora atrofida ko'plab aholi vakillar to'da bo'lishligi qayd etilgan. Savol:Ushbu 4-
maqsadni aniq yozib bering.
Javob:O'lim jazosini ijro etish
Izoh: O'lim jazosiga hukm qilinganlar minors ustudan yerga tashlangan
Manba: https://youtu.be/7ZSB6C5Gx3c?si=oja6fwLOWe6HM2d4
14-savol: Bir kuni Angliyada cherkovni yashin urib, to'rt nafar rohibni o'ldirdi. Voqeadan keyin odamlar orasida
gunohkorlarni shayton olib ketgani haqida mish-mishlar tarqalgan,chunki bu 4 insonni X deb atash
mumkin. Qatar qirollik oilasi X uchun 250 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Savol:X o'rnidagi 2
so'zni toping
Javob:Karta o'ynovchilar
Izoh: O'sha voqeada cherkovda karta o'ynash katta gunoh deb topilgan.Qatar Qirollik oilasi Pol Sezanning
"Karta o'ynovchilar" kartinasini katta pulga xarid qilgan.
Yaratilgan sanasi: Sat, 23 Sep 2023 19:12:12 +0500