90
4. Chet el valutasidagi depozit hisobvaraqlarni ochish tartibi.
Yuridik va jismoniy shaxslar hisobi milliy valyuta ―so‘m‖da
yuritiladigan
depozit
hisobvaraqlar
bilan
birgalikda
chet
el
valyutasidagi
depozit
hisobvaraqlarini ochishlari mumkin. Chet el valyutasidagi depozit hisobvaraqlarini
rezident va norezident yuridik shaxslar, rezident va norezident
jismoniy shaxslar
hamda chet el investitsiyasi bilan ishlovchi korxonalarga ochiladi. Chet el
valyutasida depozit hisobvaraqlarning
barcha turlarini, jumladan,
talab qilib
olinguncha, jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish mumkin.
Chet el valyutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan, muddatli, jamg‘armali,
i
kkilamchi depozit hisobvaraqlarini ochish uchun tadbirkorlik faoliyati sub‘ektlari
bo‘lgan rezident yuridik shaxslar bank muassasasiga qo‘yidagi xujjatlarni taqdim
qilishlari lozim:
hisobvaraq ochish uchun ariza;
tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan to
varlarni xorijdan olib keluvchi yakka
tadbirkorlar-
yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati idorasi tomonidan berilgan
―Tijorat faoliyati bo‘yicha tovarlarni olib keluvchi tadbirkor davlat ro‘yxatidan
o‘tganligi to‘g‘risida‖ guvohnoma nusxasi;
davlat r
o‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
imzolar va muxr izi namunalari tushirilgan 2-nusxada varaqcha;
ta‘sis xujjatlari va unga kiritilgan o‘zgarishlar;
mijoz tomonidan pul-hisob kitob xujjatlarini imzolash vakolatiga ega
bo‘lgan shaxsnin
g shaxsini tasdiqlovchi xujjati.
Chet el valyutasidagi talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini
norezident yuridik shaxslari ham ochishlari mumkin. Quyidagi norezident yuridik
shaxslar talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasidan
tashqarida joylashgan, chet davlatlarning
qonunlariga
muvofiq tashkil etilgan, jumladan O‘zbekiston Respublikasi
tashkilotlari ishtirokida
ochilgan tashkilotlarga;
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan xorijiy
diplomatik, savdo va boshqa
rasmiy vakolatxonalarga, imunitet xamda diplomatik imtiyozlardan foydalanuvchi
xalqaro tashkilotlarga;
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan boshqa xorijiy tashkilot va
firmalarning xo‘jalik va tijorat faoliyati bilan shug‘ullan
maydigan
vakolatxonalariga.
Yuqorida sanab o‘tilgan yuridik shaxslar talab
qilinguncha saqlanadigan
depozit hisobvaraq ochish uchun bankka hisobvaraq ochish so‘ralgan ariza, soliq
to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tib, identifikatsiya raqami olganligi to‘g‘risid
agi
guvoxnoma nusxasi, imzolar va muhr namunasi tushirilgan va tasdiqlangan
varaqcha va norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob
xujjatlarini
imzolash vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi xujjati.
Umuman, mijozlarga bitta bankd
a ma‘lum bir chet el valyutasida faqat bitta
talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i ochish uchun ruxsat beriladi.
Dostları ilə paylaş: