Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1126-1130 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1128 www.ares.uz Pedagogning kreativlik potensiali ko‟p darajali jarayon va u quyidagi tamoyillarga
tayanadi. Pedagog kreativlik potensialining ustuvor tamoyillari kreativlikning yorqin
namoyon bo‟lishi quyidagilarda aks etadi:
2.Shaxsning individual xususiyatlari va hayotiy faoliyatda
3.Individuallikka erishish
4.Birbutunlik, izchillik, tizimlilik va imkoniyatlarni oshirib boorish
5.Ijodiy yo‟naltirilganlik va muammoli xarakterga egalik
MUHOKAMA Pedagog-tarbiyachi o„z-o„zidan ijodkor bo„lib qolmaydi. Uning ijodkorlik
qobiliyati ma‟lum vaqt ichida izchil o„qib-o„rganish, o„z ustida ishlash orqali
shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday
mutaxassisda bo„lgani kabi bo„lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega
bo„lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo„yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil
etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o„zini o„zi ijodiy faoliyatga
yo„naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli xarakterdagi ijod mahsulotlarini
yaratishga alohida e‟tibor qaratishi zarur. O„zini o„zi ijodiy faollashtirish – shaxsning
ijodiy faoliyatda o„z imkoniyatlarini to„laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishining
ijodkor va kreativ bo„lishi yoki bo„lmasligi emas, balki mashg„ulotlarni ijodkorlik,
kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g„oyalarni ta‟lim jarayonida sinab ko„rishga
intilishi zarur.