Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/66
tarix20.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#157879
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

Jarayon, ma’ruza, mavzu, hujum, hamla, ilg‘or, 
soqchi, malham, shifokor, bosh shifokor, saraton, qorason, hay’at, bo‘hron, 
muhr, yorliq, taftish 
singari turfa sohalarga oid terminlar bugungi kunda 
millat vakillari tilida faol ishlatilmoqda. Xullas, istiqlol tufayli anchagina 
eskirgan so‘z va istilohlar o‘zbek tili lug‘at tarkibidan qayta o‘rin egalladi va 
ular millat vakillarining kundalik muloqati uchun zarur vazifani bajarishda 
xizmat qilmoqda. 
Terminologiyaga 
doir 
adabiyotlarda 
ta’kidlanishicha, 
motivlanmagan, ya’ni belgili terminlar o‘z tarkibiga tilda mavjud tub leksik 
birliklar,boshqa tillardan kirgan o‘zlashmalar, kalkalar, shuningdek, o‘z 
so‘zlardan semantik (metonimik) ko‘chim orqali hosil bo‘lgan terminlarni 
qamrab oladi.
O‘zlashmalarning har qanday til taraqqiyoti va boyishi 
qonuniyatining manbalaridan biri ekanligi sir emas. O‘zlashtirish jarayoni 
murakkab hodisa bo‘lib, lingvistik hamda ekstralingvistik omillar bilan 
chambarchas bog‘langan. Ijtimoiy – siyosiy, tijoriy-iqtisodiy, diniy 
munosabatlar, madaniy aloqalar, bir tildan boshqa tilga qilinadigan adabiy 
tarjimalar va h.k. natijasida u yoki bu til lug‘at tarkibida o‘zlashmalar paydo 
bo‘ladi. Tabiiy, ushbu hodisa boshqa qarindosh bo‘lmagan tillardan kirgan 
katta miqdordagi o‘zlashmalarga ega o‘zbek adabiy tili uchun ham 
taalluqlidir. 
Uzoq muddatli tarixiy taraqqiyot davomida o‘zbek xalqi o‘zga 
xalq va millatlar bilan mustahkam siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy va 
lisoniy munosabatlarda bo‘lgan. Bunday aloqlar natijasida o‘zbek adabiy 
tilining lug‘at tarkibi yangi tushunchalar hamda realiyalar hisobiga yanada 
boyidi va boyib bormoqda. O‘zbek adabiy tiliga kelib chiqishi nuqtai 
nazaridan turfa va rang-bararang so‘zlar o‘zlashgan. 
Kalkalash so‘z o‘zlashtirishning oliy shakli bo‘lib, tilning 
bugungi kundagi lug‘at tarkibi kengayishi va boyishida juda faolligi 
allaqachon aniqlangan. 
Kalkalash jarayoni o‘zbek tilining barcha terminologik 
sistemalariga xos bo‘lib (Shaaxmedov 1974), asosan ikki ma’lum, ya’ni: a) 
sturuktur (so‘z yasash), b) semantik kalka turi orqali reallashadi. Bu 
tizimda, shubhasiz, struktur kalkalar yetakchilik qiladi. Struktur (so‘z 
yasash) kalkalar sirasiga o‘zbek adabiy tili vositalari yordamida boshqa 
tillarga oid modellardan, ularning morfologik qismlarini tarjima qilish bilan 
yasalgan terminlar kiradi. Muayyan tilning leksik – so‘z yasash materiallari 
negizida hosil qilingan struktur kalkalar tom ma’nodagi o‘zlashma 
hisoblanmaydi (Tixonov 1991; 136).
Hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida chet tillarga xos 
elementlarning alohida miqdori mavjud bo‘lib, ularni kalkalashga hech 
qanday hojat yo‘q. Masalan
, telefon, telegraf, traktor, tank, izotop, indikator, 
orden, bolt, arfa, ring, xokkey, departament, parlament, mina, import, 
eksport, antenna, armatura, prokuror, aerobus, avtobus, metro, ampermetr, 
motor, dizel, astronavt, mexanik, radiotexnik, proton, neytron, elektron, 


100
radioaktiv, 
distributiv, 
audiovizual, 
identifikatsiya, 
autentifikatsiya, 
retranslyatsiya,divergensiya, dissimilyatsiya, iyeroglif , diftong
kabi ruscha-
baynalmilal xarakterdagi ko‘pgina terminlar tarkiban o‘ta rang –barang 
bo‘lib, texnika, ilm-fan, madaniyat, san’atning hamma sohalarini qamrab 
olgan. Bunday yuzaga kelishni ifodalovchi hamda muttasil rivojlanuvchi 
terminlar qatlami o‘zbek tilining mulkiga aylangan. Hozirgi paytda ham 
tayyor terminlarni o‘zlashtirish jarayoni o‘z faolligini saqlab qolmoqda. 
Ayni chog‘da, o‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy va h.k. sohalari terminologiyasi tizimida o‘zbek tili qonunlariga 
bo‘ysungan holda muayyan qismi o‘zbek tilining so‘z yasovchi elementlari 
bilan almashtirilgan ulkan miqdordagi ruscha-baynalmilal terminlar 
qo‘llanmoqda. 
So‘z yasovchi suffiksi o‘zbek tili affiksi bilan almashtirilgan 
o‘zlashma – terminlar.
Rus tili terminologiyasi tarkibining salmoqli ulushini so‘z 
yasovchi suffikslar bilan yasalgan, motivlangan terminlar tashkil qiladi 
(Istoriya leksiki russkogo literaturnogo yazika 1981; 152-166). 
So‘z o‘zlashtirish jarayonida kam miqdordagi terminlar so‘z 
yasovchi suffikslari bilan birga o‘zlashtiriladi (

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin