Saqlash usullari
Xom ashyoni po‘lat yoki emallangan idishlarga solib, 40-60 C da saqlanadi. So‘ng muzlagan
xom ashyoni – 15 – 18 C da saqlanadi. Maydalangan xom ashyoga past haroratda aseton yoki
etil spirt qo‘shilsa, lipidprotein komplekslari parchalanib, fermentlar yaxshi chiqadi.
Suvsizlantirilgan xom ashyoni bir yilgacha ishlatsa bo‘ladi. Unda biospesifik xrmatografiya
usuli bilan tozalasa bo‘ladi.
Pankreatin olish uchun tuz ishlatiladi.
1. Xom ashyo maydalanadi.
2. Ekstraksiyalanadi.
3. Tuzlanadi.
4. Suyuq fazadan oqsil ajratiladi.
5. Tozalanadi.
6. Kristallanadi.
7. Quritiladi.
Maydalash.
Maydalash quyidagi jarayon asosida boradi:
- muzlatish – eritish (defrostasiya)
- avtoliz
- organik suyuqlik
- bosimni o‘zgartirish
- mexanik maydalash yoki presslash
- ultrotovush bilan
- ekstraktni qattiq fazadan ajratish uchun vakuum filtrda, filtr presslarda filtrlash mumkin.
- ekstraktdan fermentni olish organik suyuqlik bilan (etil, metil, izopropil, spirt, aseton, xlor,
dioksan) yoki tuzlar bilan (ammoniy sulfat, natriy sulfat, magniy sulfat, natriy asetat, natriy
xlor) cho‘ktirsa bo‘ladi.
- fermentni endi tuzdan ajratish kerak. Gelfiltrasiya yo‘li bilan yuqori molekulali birikmalarni
(oqsil-ferment) past molekulali birikmalardan (tuz va hakozo) ajratiladi. Oqsil molekulalari
gelga o‘taolmaydi shuning uchun kolonnadan tez tushadi, past molekulali birikmalar gelni
ichida ushlanib qoladi.
-ferment eritmasi sublimasion quritiladi. Fermentlarni sexlarda sterillangan flakonlarga,
ampulalarga solib, muzlatiladigan kameralarga so‘ng quritish uchun quyiladi. Qurigan
flakonlarni sterillangan probka bilan bektiladi yoki ampulalar uchi kavsharlanadi.
Xom ashyolardan (o‘simlik, hayvon, mikroorganizm) ekstraksiya orqali moddalarni
ajratib olish biotexnologiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Kerakli moddani
begona moddadan ajratish murakkab, u erkin holda bo‘lmaydi. U to‘qimalarga boshqa
moddalar bilan bog‘langan. Moddalarni ekstraktdan ajratish uchun avvalombor xom ashyo
tayyorlash kerak, so‘ng ekstragent tanlab, ekstraktorda ekstraksiya jarayonida kerakli moda
ajratib olinadi. Bularga misol qilib, fermentlar, pepsin, pankreatin, glyukoza, amilaza va
boshqa biologik faol moddalarni keltirish mumkin.
Fermentativ reaksiya quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin.
E + S → ES → P + E
Bu yerda: + S substrat = YES substratli ferment kompleksi R mahsulot +YE ferment.
Reaksiya ferment YE substrat S bilan bog‘lanib (K1 va K2 reaksiya tezligi konstantasi),
substratli – ferment kompleksini YE S hosil qiladi. Oxirgisi tezlik konstantasi K3 bilan
reaksiyaga kirishib, ferment va
reaksiya mahsuloti hosil bo‘ladi.
Enzimoximiyada fermentlarning aktivator iva ingibitori muhim rol o‘ynaydi. Ingibitor
fermentdan substratni birlashtiradi. Kimyoviy reaksiyani tezligini oshishi darajani
ko‘tarilishiga bog‘liq. Fermentga aniq tavsifnoma berish uchun uni toza holda ajratib olish
lozim. Fermentni oxirgi tozalash bosqichi – kristallash hisoblanadi. Fermentni eng nozik ta’sir
mexanizmini o‘rganish uchun ultrasentrifugalash, xromatografiyalash va elektroforez
yordamida olinishini to‘liq aniqlash kerak. Fermentlarning ajratib olishning asosiy bosqichlari
quyidagilardan iborat:
1. To‘qima yoki hujayra olish.
2. Ekstrakt tayyorlash.
3. Erigan ferment oqsillarini fraksiyalash.
Bularni bajarishda neytral tuzlarni qo‘llabcho‘ktirish, organik erituvchilar va dializ uslublari
mavjud. Bundan tashqari eromatografiya usullari (adsorbsion va ion almashinish
xromatografiyalari, gelfiltrxromatografiya) qo‘llaniladi. Amilolitik faollik – kraxmalni
ferment katalizlash qobiliyatiga aytiladi. Konsentrlangan ferment preparatlari, bakteriya va
mog‘or zamburug‘lari va boshqa ferment matepriallarini aktivligini aniqlashda, jumladan
ferment 1 g yoki 1 ml da 0,1 g eritilgan kraxmalni 10 daqiqada 30% gacha ma’lum sharoitda
parchalashi bo‘yicha aniqlanadi. Ferment reaksiyasini sifatini standart sharoitda aniqlash
quyidagicha qabul qilingan:
1. Daraja + 30 S
2. rN – reaksion muhit: bakterial preparatlar uchun (fosfat buferi
qo‘llash yo‘li bilan) – 6,0 va mog‘or zamburug‘i uchun (asetat buferi) – 4,7.
3. Reaksiya davomiyligi 10 daqiqa.
4. Kraxmal konsentrasiyasi 10%.
5. Ferment konsentrasiyasi, kraxmalni reaksiya sharoitida gidrolizlanishi 20 dan 60% gacha
fermentativ reaksiya jarayonida kraxmalning soni kalorimetriya yordamida aniqlanadi.
Shundan so‘ng fotoelektrokalorimetriya (FEK) usuli bo‘yicha aniqlanadiyu Buning uchun
eritma aralashmasining optik zichligini aniqlashda 1 sm uzunlikdagi kyuveta olinadi va 656
mmk to‘lqin uzunligida bajariladi. Optik zichlik ikki ko‘rsatkichda olinadi. D1 – nazorat
eritmasi (0,1 g ga teng) ferment reaksiyasi uchun olingan kraxmal soni. D2 – reaksiyadan
so‘ng qolgan kraxmal soni. Gidrolizlangan kraxmal sonini quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlash
mumkin:
S = D1 - D2 . 0,1
D1
Agar gidrolizlangan kraxmal soni 0,02 dan kam yoki 0,06 dan ko‘p bo‘lsa,
unda analiz kam yoki ko‘p fermentlar soni bilan qaytadan aniqlanadi.
Analiz bo‘yicha quyidagi optik zichlik olingan:
D1 – 0,545 – kraxmal eritmasi
D2 – 0,363 – ferment ta’siridagi kraxmal eritmasi.
Optik zichdlik bo‘yicha olingan gidrolizlangan kraxmal soni quyidagi
ifoda bo‘yicha aniqlanadi:
S = 0,545 - 0,363 . 0,1
0,545
S = 0,03302
Shunday qilib amilolitik (AA) quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi.
AA = 7,264 – 0,03302 – 0,03766 . 1000 = 5189, 9 gr/birlikda
0,05
Bu yerda: 0,05 – analiz uchun olingan preparat soni, mg yoki ml
1000 – gr. yoki litrga o‘chirilgan.
FEK orqali amilolitik fermentlarning kraxmalinni glyukozagacha parchalashdagi akktivligini
optik zichlik bo‘yicha aniqlash hozirda asosiy usullardan biri hisoblanadi.
Tabiatda avidin (tuxum oqsili) biotin (vitamin K) bilan mustahkam
birikma hosil qiladi. Idishda juda ko‘p har xil molekulalar bor. Biotinni karboksil guruhlarini
ularga ulasak, shu kolonnalardagi sorbentlarning ustidan barcha molekulalar yuborilsa, turli
xil molekulalar ulanadi. Yuqoridan desorbsiya qiluvchi eritma (gliserin, etilenglikol)
yuborilsa, kuchsiz bog‘lari oldin, kuchli bog‘langanlari esa oxirida tushadi. Shunda kerakli
moda desorbsiya orqali ajratib olinadi. Oxirida esa avidindan biotinni ajratib olinadi. Bu usul
bilan fermentlarni ham ajratib olish mumkin. Katalizator o‘z substratiga bog‘lanib, ferment-
substrat kompleksini beradi. Oxirida kerakli mahsulot hosil bo‘ladi.
E + S → ES → YE + R
Hayvon organizmiga morfin alkoloidi yuborilsa, organizmda immun reaksiya yuz bermaydi –
antitelo sintez bo‘lmaydi. Oddiy oqsil albuminga LiCl bilan reaksiya o‘tkazib, oqsilga morfin
ulanadi. Bunda oqsil +morfin
kompleksi hosil bo‘ladi. Morfin oqsilga ulangani uchun organizm morfin qismlariga ham
immun reaksiya beradi.
Moddalarni tozalab olish uchun:
1. Tabiatda bor juftliklardan (tripsin-ingibitor, avidin-biotin)
foydalaniladi.
2. Juftlik bo‘lmasa kompleks hosil qilinadi.
3. Kompleks beraolmaydigan moddalar bo‘lsa reaktor sifatida hayvon
organizmidan foydalaniladi.
4. Qo‘shimcha inert moddalardan kompleks hosil qilish uchun foydalansa
bo‘ladi:
oqsil – inert moda
morfin – kerak moda
viruv - antitelo
Dostları ilə paylaş: |