Biotexnologiya va kimyo-farmatsevtika sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni
quritish murakkab texnologik jarayon hisoblanadi. Mahsulotlarni quritishda ularning fizik-
kimyoviy va biologik xossalari inobatga olinadi. Kimyo-farmatsevtik va mikrobiologik sintez
asosida olinadigan
mahsulotlar
quyidagi sinflarga bo‘linadi:
- yuqori biologik faolligini saqlash shart bo‘lmagan mahsulotlar (ozuqa drojjilari,
polisaxaridlar va boshq.). Bu mahsulotlarni quritishda nisbatan qattiqroq texnologik
sharoitlarni (yuqori bosim, temperatura va x.k.) tanlash mumkin;
- yuqori biologik faolligini saqlash shart bo‘lgan mahsulotlar (fermentlar, antibiotiklar, fenol
birikmalari,
oqsillar, aminokislotalar va x.k.). Bunday mahsulotlarni yumshoqroq sharoitda
quritish zarur. Shuning uchun ularni quritishda vakuum, sublimatsion,
purkagichli quritkichlar
ishlatiladi.
Quritish tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdagi oxirgi jarayondir. Mahsulotdagi
namlik dastlab arzonroq mexanik usulda (filtrlash) ketkaziladi. So‘ngra ma’lum bir quritish
usuli tanlanadi. Jarayon iqtisodiy jihatdan kam xarajatli bo‘lishi uchun ikkala usuldan
foydalanilgani maqsadga muvofiq.
Sanoatda, qoidaga ko‘ra, mahsulot maxsus quritish
apparatlarida sun’iy yo‘l bilan quritiladi. Chunki tabiiy usulda quritish ko‘p vaqt talab etadi.
Quritish murakkab diffuzion jarayondir. Quritish jarayonining tezligi quritilayotgan
materialning ichki qismidagi namlikni tashqi muhitga diffuziyalanishi bilan aniqlanadi.
Quritishda ham issiqlik, ham massa almashinuvi sodir bo‘ladi.
Quritilayotgan materialga issiqlikni uzatish turiga ko‘ra quritish quyidagi turlarga
bo‘linadi:
-
konvektiv
– qurituvchi agent (havo va boshqa gazlar)
quritilayotgan material
bilan bevosita to‘qnashadi;
-
kontaktli
– issiqlik tashuvchi agent issiqlikni u bilan quritilayotgan material
o‘rtasidagi devor orqali uzatadi;
-
radiatsion
– issiqlikni infraqizil nurlar orqali uzatish;
-
dielektrik
– materialni yuqori chastotali tok yordamida isitish;
-
sublimatsion
– past harorat va vakuumda quritish.
Radiatsion
,
dielektrik
va
sublimatsion
quritish maxsus quritish usullari bo‘lib, ular kamdan-
kam xollarda qo‘llaniladi.Quritish usuli va quritkich apparat ishlab
chiqarish masshtabidan
kelib chiqqan xolda tanlanadi. Texnik-iqtisodiy xisob-kitoblarga qaraganda, soatiga 3500 kg
mahsulot ishlab chiqaradigan kichik korxonalar seriyali quritkich apparatlar bilan jihozlanishi
zarur. Yirik sanoat korxonalarida quritish jarayoni mahsulotning hamda ishlab chiqarishning
o‘ziga xos tomonlari inobatga olingan xolda ishlab chiqiladi va tashkil etiladi. Quritkich
apparatning samaradorligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi: solishtirma namlikni ketkazish va
1 kg namlikni bug‘latish uchun sarf bo‘ladigan issiqlik. Biroq bu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha
quritkich apparatni tanlash har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Sababi, jarayonning
texnologik, teplotexnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ham xisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: