Web
Sayt yaratish darslari
noldan boshlab
HTML darslari ommabop tarzda
WebSite yaratish qadam- ba -qadam darslar.
WebSiteni internetga joylash
Shaxsiy Websayt qanday tayyorlanadi.
Tayyor
namuna fayllar
WebSaytni bezatish
Email:
leonardo73@rambler.ru
Bu kitob kim uchun ?
Sizning web saytingiz bormi ? Agar javobingiz “yo’q” bo’lsa, u holda siz o’qiyotgan bu
kitob aynan SIZ uchundir.
Bu kitobim har kimga: yoshu
–qari, xullas 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan sog’lom
fikrlaydigan har qanday odam uchun mo’ljallangan.
Siz hech bo’lmaganda Kompyuterni o’chirib yoqishni bilsangiz bo’ldi. Darslarni o’qib
borish davomida anchagina malakangiz oshadi. Bu kitob keng ommaga mo’ljallangan.
Buni o’qish uchun sizdan oliy matematikani bilish talab qilinmaydi.
Bu darslikni har kim oson tushuna oladi.
Kitobni diqqat bilan o’qib aytilganlarni amalda bajarsangiz:
Natijada:
HTML asosloarini o’rganasiz
Web sayt yaratish siz uchun oson ishga aylanadi
Shaxsiy websaytga
ega bo’lasiz
O’zingiz istagan malumotlarni internet olamiga joylashtirasiz
Maqolalaringizni dunyoning istalgan joyidan o’qish mumkin bo’ladi
Web Sayt orqali pul toppish usullari bilan tanishasiz
(Bularning bazilari kitobning 2-qismida yoziladi)
Muallifd
an ikki og’iz gap
Mendan so’rashadi: “Qanday qilib web sayt ochsam bo’ladi”… Mening javobim oddiy. Bir qancha rus
tilidagi kitoblarni taklif etaman.
Ammo bu kitoblar
sizni teoriyalar , nazariyalar o’rmoniga adashtirib
qo
’yadi. Ularda amaliy namunalar kam uchraydi. Kompyuter texnologiyasiga oid deyarli
barcha kitoblar
rus, inglis va boshqa tillarda.
O’zbek tilida bunday kitoblarni hali uchratmadim.
Yurtimizning viloyat hududlarida yashovchilar aksariyat rus tilini bilmaydilar.
Ular kompyuter bilimlaridan
xabarsiz qolishlari kerak emas.
Shu maqsadda O’zimizning vatandoshlar
uchun bu darslikni yozishga
qaror qildim. Buni faqat boshlovchilar uchun yozmoqdaman. Darslarni hech narsani
bilmaydigan odamlar
ham oson o’rgana oladi
Kitobda ortiqcha teoriya yo’q, 90% amaliy (praktikada) ko’rsatiladi. Haqiqattan ham: Praktikasiz teoriya
o’likdir.
Maqsadim,
o’z bilimlarimni boshqalarga ham o’rgatib taraqqiyotga zarracha bo’lsa ham hissamni
qo’shish. Hadisda aytilganki