Budjet tashkilotlarida pul mablag’larini tekshirish manbalarini quyida
ko’rishimiz mumkin:
1.
Kassa muomalalarini tekshirish manbalari (1-chizma).
Kassa muomalalarini tekshirishning asosiy manbalari bu kassir hisoboti
hisoboti hisoblanadi. Kassa muomalalarini tekshirish uchun quyidagi birlamchi
xujjatlar asosiy manba hisoblanadi. Bular quyidagilardan iborat: kassa kirim
orderi (KO-1 shakl), kassa chiqim orderi (KO-2 shakl), to’lov qaydnomalari, pul
berish bo’yicha arizalar, ishonchnomalar va chek ilovalari. Bundan tashqari,
kirim va chiqim orderlari yoki ular o’rnini bosuvchi xujjatlar kassaga
topshirilgunga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi kirim va
chiqim kassa orderlarinii ro’yhatga olish jurnalida qayd etiladi. Bu jurnalni
yuritilishini belgilangan qoidalarga mosligi alohida tekshiruvdan o’tkaziladi.
Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida budjet tashkilotlari pul mablag’lari
G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda
yuritiladi. Shunga alohida e’tibor qaratish kerakki, g’azna ijrosiga o’tmagan
budjet tashkilotlari pul mablag’lari banklarda ochilgan hisobvaraqlarda
yuritilishi mumkin. G’aznachilik bo’linmalaridan olingan shaxsiy
hisobvaraqdan ko’chirma va unga ilova qilingan hujjatlar asosiy tekshirish
ma’nbalari hisoblanadi. Ularga to’lov topshiriqnomalari, naq pul mablag’larini
olishga so’rovnoma, ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq fakturalar,
shartnomalar va avans to’lovlarini tasdiqlovchi xujjatlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: