1-chizma. Turli debetor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi
nazorati manbalarining sxematik ko’rinishi
2
Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar nazoratining asosiy
vazifasi hisob-kitob holati to’g’risidagi ma’lumotlar haqiqiy va qonuniyligi,
moliyaviy intizomga rioya qilinishi, tashkilotni smetalari doirasida to’lov
qobiliyatiga ta’sirini tekshirish, qarzlarni haqiqiyligini aniqlashdan iborat.
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma’lumot manbasi
bo’lib mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berishga oid shartnomalar, hisob-
kitoblar bo’yicha o’zaro solishtiruv dalolatnomalari, hisob-kitoblarni inventarlash
dalolatnomalari, to’lov hujjatlarining nusxalari, sotib olish daftarlari bo’yicha
2
Mualliflar tomonidan tuzilgan.
Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar
bo’yicha boshlang’ich
buxgalteriya xujjatlari (yuk xati, bajarilgan ishlarni topshirish qabul qilish
dalolatnomalari, buxgalteriya
ma’lumotnomalari, to’lov topshiriqnomalari
va boshqalar)
327-
son shakldagi ta’lim
muassasalari-da bolalarni
saqla-ganligi uchun ular-ning
ota-onalari bilan olib borila-
digan hisob-kitoblar
qaydnomasi
285-son
shakldagi
aylanma
qaydnoma
292-son
shakldagi joriy
hisoblar va
hisob-kitoblar
daftari
15-memorial order-
ta’lim
muassasalarida bolalarni
saqlaganlik uchun ota-onalar
bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo’yicha jamlanma
qaydnoma 406-son shakl
6-memorial order-turli
tashkilotlar va muassasalar
bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar bo’yicha jamlanma
qaydnoma 408-son shakl
308-son shakldagi bosh jurnal kitobi
Hisobot shakllari
hisob registrlari (ro’yxatlar, memorial-orderlar), bosh kitob, buxgalteriya hisoboti
va boshqalar.
Nazoratchining ixtiyoriga qarab mazkur tekshiruvlar yozma va og’zaki
testlarni o’tkazish, ichki nazorat tizimini kuzatish va boshqa usullar yordamida
amalga oshiriladi.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni
tekshirishda tekshiruvchi, avvalambor, tovar-moddiy zaxiralar (tovar moddiy
zahiralari) sotib olinishi uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlar mavjudligi va
to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Masalan, mol etkazib berish, ishlarni
bajarish, xizmatlarni amalga oshirish bo’yicha tuzilgan shartnomalar
O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy xujjatlariga muvofiq amalga
oshirilganligi
tekshiriladi.
So’ngra
mol
etkazib
beruvchilar
o’z
majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajarganliklari, mol etkazib
beruvchilarga yoki ular tashkilot oldida qarzi vujudga kelgan sanasi
tekshiriladi. Tashkilotlar tomonidan O’zbyokiston Respublikasi me’yoriy
huquqiy xujjatlar talablariga to’liq xajmda va belgilangan muddatlariga atayin
rioya etmagan holda amalga oshirgan kelishuvlar haqiqiy emas deb
hisoblanadi.
Bundan keyin nazoratchi va uning yordamchilari 6-sonli memorial-order,
150-sonli "Turli debetor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" schyoti va
birlamchi yig’ma hisob hujjatlari ko’rsatkichlari bo’yicha bevosita har bir mol
etkazib beruvchi bilan (yoki tanlab olib) amalga oshirilgan hisob -kitob
muomalalarini tekshiradilar. Amalga oshirilgan muomala sanasi va tavsifi,
olingan tovar moddiy zahiralari bo’yicha narx-navolar to’g’ri qo’llanilganligi
va ular to’liq kirim qilinganligi, mol etkazib beruvchilarning hisobvaraq-
fakturalari asosli ravishda ko’rsatilganligi aniqlanadi.
Agar tovar moddiy zahiralari qabul qilingan bo’lib, lekin ularga tegishli
hujjatlar bo’lmasa (fakturasiz mol etkazib berish), mol etkazib beruvchilardan
hisobvaraq-fakturalar talab qilinganligi aniqlanadi. Tekshiruvchi mavjud
bo’lgan talab xatlarini o’rganib chiqishi lozim.
|