Budjet nazorati


-Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

6-Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan 
tushgan mablag’lar harakatito’g’risida hisobot. 
Ushbu hisobot ta’lim 
muassasalaridagi o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar 
harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan. Ta’lim 
muassasalari mazkur hisobotni tuzishdan oldin quyidagilarni to’g’riligini 
tekshirib chiqadilar: 
-
o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’larning shakllanishi 
va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to’liqligini; 
-
analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga 
muvofiqligini; 
-
tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to’liq va to’g’ri yozilganligini. 
“1.Yil boshiga pul mablag’i qoldig’i” qatorida tegishli hisobvaraqlardan 
ko’chirmalarga muvofiq hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud to’lov-
kontrakt mablag’lari qoldig’i aks ettiriladi. 
“2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorida “a”, “b” va “v” 
qatorlar bo’yicha hisobot davriga tushgan daromadlarning yig’indisi ko’rsatiladi. 
“3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami” qatorida 
«Kassa xarajatlari – jami” ustunida aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining 
summasi ko’rsatiladi. 
“4. Hisobot davri oxiriga pul mablag’i qoldig’i” qatorida “1. Yil boshiga 
pul mablag’i qoldig’i” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida 
tushgan tushumlar – jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yigindisidan “3. 
Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari –jami” qatori bo’yicha aks 
ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi ko’rsatiladi. 
“Xarajatlar yoyilmasi”da to’lov-kontrakt mablag’lari hisobidan amalga 
oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan 


xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va 
elementlari bo’yicha aks ettiriladi. 
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot 
choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin