Budjet nazorati


-Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

8-Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot. 
Mazkur hisobot 
tashkilotning joriy yilning yakunlari bo’yicha moliyaviy faoliyatining natijasi, 
ya’ni, har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar (tushumlar) 
hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar bilan solishtirish natijasi bo’yicha 
ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. 
Hisobot “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va daromadlar (tushumlar) va 
xarajatlar hisobi yuritiladigan boshqa hisob registrlari ma’lumotlari asosida 
to’ldiriladi. 
“1. Daromadlar (tushumlar)” bo’limi bo’yicha: 
“1.1. Budjetdan moliyalashtirish” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-
shakl)dagi 232-“Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining ma’lumotlari aks 
ettiriladi; 
“1.2. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha 
mablag’lar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 242 – “Ta’lim 
muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag’lari” subschyotining 
ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“1.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan 
tushadigan mablag’lar bo’yicha daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-
shakl)-dagi 252- “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 
mablag’lari bo’yicha daromadlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. 
Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “a) to’lov-kontrakt mablag’lari”, “b) depozitga 
qo’yil-gan mablag’lar bo’yicha daromadlar” va “v) boshqa tushumlar” qatorlari 
bo’yicha alohida holda aks ettiriladi; 
“1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari” 
qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 262-“Budjet tashkilotini 
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar” subschyotining 
ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar “Tovar (ish, 
xizmat)lar realizatsiyasidan”, “Foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini 
ijaraga berishdan” va “Homiylik yordamlaridan” qatorlari bo’yicha alohida 
holda aks ettiriladi; 
“1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi daromadlari” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)-dagi 262 – 
“Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha 
daromadlar» subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu 


ma’lumotlar “Pulli davolash va xizmatlar ko’rsatishdan”, “Homiy va donor 
tashkilotlardan” va “Foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga 
berishdan” qatorlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi; 
“1.6. Boshqa daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 
272 – “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” va 273 – “Inventarizatsiya 
natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotlarining ma’lumot-lari aks 
ettiriladi; 
“1.7. Soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” qatorida joriy 
yilda ta’lim muassasalaridagi to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha hamda budjet 
tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi daromadlari bo’yicha hisoblangan soliq 
va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar aks ettiriladi. 
“Daromadlar (tushumlar) jami” qatorida barcha daromadlar 
(tushumlar)ning yig’indisi aks ettiriladi. 
“2. Xarajatlar” bo’limi bo’yicha: 
“2.1. Budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” 
(308-shakl)dagi 231 – “Budjet mablag’lari bo’yicha haqiqiy xarajatlar” 
subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“2.2. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha 
mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal 
kitobi” (308-shakl)dagi 241 – “To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” 
subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“2.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal 
kitobi” (308-shakl)dagi 251 – “Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy 
xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-
shakl)dagi 261 – “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari 
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks 
ettiriladi; 
“2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida tibbiyot 
muassasalari tomonidan “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)da-gi 261 – “Budjet 
tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan 
haqiqiy xarajatlar” subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 
“2.6. Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal 
kitobi” (308-shakl)dagi 271 – “Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy xarajatlar” 
subschyotining ma’lumotlari aks ettiriladi; 


“Xarajatlar jami” qatorida ko’rsatilgan barcha daromadlar (tushumlar) 
hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarning yig’indisi aks ettiriladi. 
“3. Moliyaviy natija” bo’limi bo’yicha: 
“Joriy yilga moliyaviy natija” qatorida tashkilotning joriy yilga moliyaviy 
natijasi, ya’ni, jami daromad (tushum) (080-qator)dan amalga oshirilgan haqiqiy 
xarajatlar jami (150-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi. 
“a) budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.1. 
Budjetdan moliyalashtirish” (010-qator)dan “2.1. Budjet mablag’lari bo’yicha 
haqiqiy xarajatlar” (090-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“b) to’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natija” qatorida “1.2. To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar bo’yicha mablag’lar” (020-qator)dan “2.2. To’lovlarning max-sus 
turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar hisobiga amalga oshi-rilgan 
haqiqiy xarajatlar” (100-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“v) ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha 
joriy yilga moliyaviy natija2 qatorida “1.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning 
to’lov-kontrakt shaklidan tushadigan mablag’lar bo’yicha daromadlar” (030-
qator)dan “2.3. Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan 
tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (110-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“g) budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha 
yakuniy moliyaviy natija” qatorida “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish 
jamg’armasi daromadlari” (040-qator)dan “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish 
jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (120-
qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“d) tibbiyot muassasalarini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.5. Tibbiyot 
muassasalarini moddiy ragbatlantirish va rivojlantirish jamg’armasi 
daromadlari” (050-qator)dan “2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragbat-
lantirish va rivojlantirish jamg’armasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy 
xarajatlar” (130-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“e) boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.6. 
Boshqa daromadlar” (060-qator)dan “2.6. Boshqa daromadlar bo’yicha haqiqiy 
xarajatlar” (140-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi; 
“j) budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va 
boshqa to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” qatorida “1.7. Soliq va boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha imtiyozlar” (070-qator) ma’lumotlari aks ettiriladi. 
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun 
topshiriladigan balans bilan birga taqdim qilinadi. 

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin