Budjet nazorati


Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishdagi cheklovlar



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishdagi cheklovlar. 
Davlat moliyaviy nazoratini: 
moliyaviy nazorat ob’ekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining 
(xotinining) qarindoshi bo’lgan; 
moliyaviy nazorat ob’ektida shaxsiy mulkiy manfaatlari bo’lgan; 
tekshiruv bilan qamrab olingan davrda moliyaviy nazorat ob’ektida ishlagan 
davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o’tkazish 
taqiqlanadi. 
Byudjet kodeksida ko’rsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda davlat 
moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari bu haqda davlat moliyaviy 
nazoratini tayinlagan organning rahbarini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Byudjet intizomini buzish.
 
Quyidagilar byudjet intizomini buzishdir: 


Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet 
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larini ularni olish 
(ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq bo’lmagan maqsadlarga yo’naltirish; 
mehnatga haq to’lash bo’yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, 
ustamalar, ish haqiga qo’shimchalar va boshqa to’lovlar miqdorlariga rioya 
etmaslik; 
byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, 
pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni 
to’lash uchun pul mablag’lari berilishini, shuningdek pensiyalarni etkazib berishni 
amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag’lari berilishini banklarning rahbarlari 
va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish. 
Davlat moliyaviy nazorati natijalari bo’yicha rasmiylashtiriladigan 
hujjatlar. 
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratining natijalari davlat 
moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxsi tomonidan: 
tekshirish va taftish natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat — dalolatnoma; 
davlat moliyaviy nazorati natijalarini umumlashtiruvchi hujjat — jamlanma 
dalolatnoma;
o’rganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat 
— ma’lumotnoma yoki xulosa; 
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazorati 
natijalari bo’yicha tuziladigan hujjat — hisobot tarzida rasmiylashtiriladi. 



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin