korrupsiyaviy faoliyatlarini milliy partiyaviy – davlat apparati
qoldiqlaridan uzdilar. Bozor xo‘jaligida oddiy iste’molchilar va hatto
legal firmalar arzon tovarlar va xizmatlarni ularning ishlab
chiqaruvchilari va sotuvchilarining huquqiy maqomiga e’tibor bermagan
holda qoniqish bilan oladilar; bu iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirsa,
hukumat bunda o‘z potensial daromadlarining bir qismini yo‘qotishga
ko‘nikishga moyil bo‘ladi. Mos ravishda, agar markazlashgan boshqaruv
tizimlarida hukumat “norasmiylar”ni sinf sifatida tugatishga urinib,
norasmiy iqtisodiyot
ga nisbatan hal qiluvchi bosimni ushlab turgan
bo‘lsa, nomarkazlashgan tizimlarda u de-fakto jim turib norasmiylarni
yo‘qqa chiqaradi yoki ularni legal biznes tizimiga kiritishga,
“rasmiylashtirish”ga, ammo tugatmaslikka intiladi. Norasmiy
iqtisodiyot jamiyat uchun kamroq xavfli va shuning uchun ham u legal
iqtisodiyotning qanchalik dushmani sifatida o‘rganilsa, shunchalik
potensial yordamchisi sifatida ham qaralishi kerak.
Nazorat savollari
1. Rasmiy va norasmiy iqtisodiyot tushunchalarining mazmuni
va farqi nimalardan iborat?
2. “Kulrang” norasmiy iqtisodiyotning namoyon bo‘lish
shakllari nimalardan iborat?
3. Rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyotning o‘ziga
xos xususiyatlari nimaldardan iborat?
4. Rivojlanayotgan mamlakatlarda «norasmiylik»ning o‘ziga
xos xususiyatlari nimalardan iborat?
5. “Norasmiylik”ni tahlil qilishga qanday neoinstitutsional
yondashuvlar mavjud?
6. Sotuvchilar xulq-atvorining tahlili qanday amalga oshiriladi?
7. Xaridorlar xatti – harakatlari tahlili: rentaizlovchilik va
axborotlar izlash deganda nimani tushunasiz?
8. Ernando de Sotoning “kul rang” xufyona iqtisodiyot
konsepsiyasining mazmuni va ahamiyatini tushuntirib bering.
9. Nolegallikning
salbiy
doiraviy
ta’sirining oqibatlari
nimalardan iborat?
10. Norasmiy iqtisodiyotning rivojlanishining hozirgi zamon
umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: