9.3. Mafiya xufyona hukumat sifatida
Uyushgan jinoyatchilik uchun xos bo‘lgan (Italiya
mafiya
“oilalari”, Yaponiyada yakudza, Xitoy triadalari va b.) jinoiy
tashkilotlarning faoliyati nolegal tadbirkorlikka olib kelmaydi. Ushbu
barcha mafiya tashkilotlari hozirgi nolegal bozorlar (narkotiklar,
“jonli
tovar”,
qurol-yarog‘lar,
antikvarlar,
o‘g‘irlangan
avtomashinalar va h.k.) shakllangunga qadar ham mavjud bo‘lgan:
nolegal tovarlar bozorlari faqat Ikkinchi jahon urushidan keyin
vujudga kelgan bo‘lsa, deyarli barcha mashhur mafiya uyushmalari
(Amerika “Koza Nostra” bundan mustasno) XIX asrning o‘rtalaridan
boshlab faol harakat qilganlar.
Jinoiy hamkorliklarning legal firmalarga aylanishi ularning
yuqori darajada rivojlanishiga to‘g‘ri keladi.
Ilgarigi bosqichlarda
mafiya tashkilotlari ko‘proq o‘ziga xos yashirin hukumatlar sifatida
rol o‘ynagan. Oqibatda bu o‘xshashlik belgilari sezilarli ravishda
susaydi, ammo to‘liq yo‘qolib ketmadi. Buni isbotlash uchun reket-
biznesni ko‘rib chiqamiz, har qanday mafiya tashkilotining tarixi
odatda undan boshlanadi.
Reket - bu jinoiy va mulkiy ziyon yetkazish xavfi bilan gangster
“soliqlari”ning to‘planishidir. Soliqlarni yig‘gan holda jinoiy
tashkilot odatda “soliq” solingan tadbirkorlarga boshqa jinoiy
guruhlarning yoki individual jinoyatchilarning tajovuzlaridan
himoyalashni kafolatlaydi. Barqaror to‘lovlarni
kafolatlash uchun
reketlar o‘z mijozlari o‘rtasidagi mulkiy nizolar (qarz majburiyatlari,
shartnomaviy kelishuvlarning ijrosi) bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarda
oliy arbitr rolini o‘z zimmasiga olishga intiladi.
Reketlik bilan shug‘ullangan holda jinoiy tashkilot mulkchilik
huquqini himoyalash – barcha kriminal unsurlardan, shu jumladan,
mazkur tashkilot a’zolaridan ham himoyalash xizmatlarini sotadi.
past jinoyatchilik darajasiga nisbatan sababga tayanadi. Politsiyaning barcha kuchlari
faqat mafiya bilan emas, balki tashkil qilinmagan jinoyatchilik bilan kurashga qaratilgan
va mafiyaning o‘zi unga mazkur kurashda yordam beradi. Mafiya “oila” lari tashkil
qilinmagan jinoyatchilarga tartibsizliklar keltirib chiqarish imkonini bermaydi».
(Преображенский К. Пасынки самураев // Вокруг света. 1989. № 2. С. 10, 12).
Binobarin, 1990-yy. da politsiya va yakudzaning bunday “iddillistik” amal qilishi buzila
boshladi.
Huquqni muhofaza qilish xizmatlari doimo ijtimoiy ne’matlar (public
goods) qatoriga kirib, ularni ishlab chiqarish davlat monopoliyasida
hisoblanadi. Shu sababli reket-biznesning
rivojlanishini kriminal
politogenez, rasmiy hukumat bilan raqobatlashuvchi yashirin erzats –
hukumatlarni yaratish shakli sifatida o‘rganish zarur. «...Mafiya, - deb
yozadi shu masala bo‘yicha mashhur Amerika iqtisodchi-kriminologi
E.Enderson, - qonuniy sud tizimi o‘z vakolatlarini bajarishda fiaskoga
toqat qilayotgan sohalarda hukumat (qonunlarni ijro etuvchi va
kriminal sud ijrochiligi) vazifasini bajaradi»
183
.
“Yashirin” odil sudni tashkil qilishni o‘z zimmasiga olayotgan
kriminal hukumat vazifasini individual jinoyatchilar va mayda
raqobatlashuvchi to‘dalar kuchi bilan emas, balki faqat uzoq yillardan
buyon amal qilib kelayotgan yirik tashkilotlar orqali bajariladi.
Bundan tashqari, nizoli hududlar tufayli o‘zaro to‘qnashishlarni
bartaraf qilish maqsadida turli jinoiy tashkilotlar faoliyatini
muntazam muvofiqlashtirib turish zaruriyati vujudga keladi. Buning
uchun yirik jinoiy “oilalar” rahbarlaridan
iborat ixtisoslashgan
“direktorlar kengashlari” tuzilib, ularning muntazam yig‘ilishlarida
kriminal faoliyatni strategik rejalashtirish va nizolarni tartibga solish
amalga oshiriladi.
Ommaviy-huquqiy vazifalarni monopollashtirishdan boshlab,
yirik jinoiy tashkilotlar kriminal ishlab chiqarish alohida turlarini
monopollashtirishga
tez
o‘tib
ketadilar
–
o‘ziga
xos
“milliylashtirish”ni amalga oshiradilar. Mohiyatan har bir jinoiy
tashkilot raqobatni markazlashgan taqsimotga to‘liq almashtirgan
holda gangster bozor xo‘jaligi o‘rniga gangster buyruqbozlik
iqtisodiyotini tuzishga harakat qiladilar.
Ammo bu mutlaqo amalda
bajarilmaydi.
Jinoiy
biznesning
bir
tashkilot
tomonidan
to‘liq
monopollashtirilishiga, eng avvalo, kriminal ishlab chiqarish
texnologiyasining o‘zi to‘sqinlik qiladi. Jinoiy makonlarda, legal
makonlardagi singari ob’ektiv ravishda monopol to‘siqlar: ko‘lam
samarasi, taqchil xom ashyo resurslarini egallab olish imkoniyati kabi
183
Эндерсон Э. Организованная преступность, мафия и правительство //
Экономика и организация промышленного производства. 1994. № 3. С. 161.
to‘siqlar vujudga keladigan sohalargina monopollashadi.
Kriminal
biznesning ko‘pgina sohalarida bunday to‘siqlar yo‘q ekan, uni
qanchadir to‘liq monopollashtirish mumkin emas.
Bundan tashqari, jinoiy tashkilot qanchalik yirik va kuchli bo‘lsa,
muqobil hokimiyat markazi (masalan, Medelinsk narkokarteli bilan
aynan shunday bo‘lgan) paydo bo‘lishidan bezovta bo‘layotgan
huquq - tartibot kuchlarining kuzatish ob’ekti bo‘lib qolishi ehtimoli
shunchalik yuqori bo‘ladi.
Mazkur ob’ektiv holatlar tufayli qandaydir kriminal sohalarni
“yashirin hukumat” tomonidan to‘liq “milliylashtirish” amalga
oshirilmaydigan ishdir
184
. Rivojlangan uyushgan jinoyatchilik
tadqiqotchilar oldida mustaqil knyazliklarga o‘xshash
mahalliy
monopol firmalar tarmog‘i sifatida turib, ular o‘rtasida eskilari
doirasidan tashqarida va yangi bozorlarni o‘zlashtirish uchun raqobat
to‘xtamaydi.
Dostları ilə paylaş: