Turli transmilliy jinoiy faoliyatlarning bir-birlari bilan uzviy
bog‘liq ekanligini ta’kidlash kerak. Masalan, kolumbiyalik
narkokartellar faqatgina kokain
189
va geroin
190
sotuvchilari sifatida
emas, balki noqonuniy qurol sotib oluvchilar va pullarni yirik “poklab
oluvchilar” hisoblanishadi. Xulosa qilish mumkinki, jinoiy
globallashuv jarayonida qudratli jahon jinoiy xo‘jaligi – o‘zaro
bog‘liq transmilliy jinoiy faoliyat turlari tizimi vujudga keladi.
Jahon xo‘jaligining deyarli barcha institutlari yashirin xo‘jalik
“egizaklar”iga ega. Masalan, agar qonuniy jahon xo‘jaligining asosiy
sub’ekti bo‘lib transmilliy korporatsiyalar va mamlakat hukumatlari
hisoblansa, ularning noqonuniy biznes dunyosidagi analogi bo‘lib,
kelib chiqishi milliy, lekin faoliyat miqyosi bo‘yicha transmilliy
xalqaro jinoiy guruhlar (italiya mafiyasi, kolumbiya narkokartellari,
xitoy triadalari va boshq.) hisoblanadi. Agar qonuniy iqtisodiyotda
internatsiyalashuv hududiy bloklarni (G‘arbiy Yevropada YeI,
Shimoliy Amerikada NAFTA) shakllanishiga olib kelsa, noqonuniy
iqtisodiyotda esa milliy jinoiy guruhlarni kooperatsiyasi natijasi
Janubi-Sharqiy
Osiyodagi
“Oltin uchburchak” yoki Lotin
Amerikasidagi “And uchburchagi” kabi uyushmalar vujudga
keladi(qarang: 10.1.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: