331
ko‘rsatiladi.
Agar inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun
xarid qilish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining
o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, unda tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu
inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga
kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish, ya’ni ularni
xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash
orqali amalga
oshiriladi:
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga
mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
b) teng me’yorli tarzda.
Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib
ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan
chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining
natural ko‘rsatkichidan va inventar hamda xo‘jalik anjomlari tannarxining
ko‘rsatilgan inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali ishlatishning butun
kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar)
ishlab chiqarishning taxmin
qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qiymatni teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xo‘jalik
anjomlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali
ishlatish muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari qiymatining ularni foydalanishga berishda
hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek ularning qiymatini
xarajatlarga kiritishning
foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari
tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
-
maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli
va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun
332
mo‘ljallangan, maqsadli asbob va moslamalar);
-
maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal;
-
ko‘rpa-to‘shaklar;
-
yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar
va hokazolar);
-
oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar;
-
barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan
vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar
va qurilmalar;
-
foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar;
-
ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo).
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq
holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun
hisobvaraqlarni mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va
xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga
kiritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish buxgalteriya hisobida
inventar va xo‘jalik jihozlarini xarid qilish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq haqiqiy
xarajatlar summasi (haqiqiy tannarx bo‘yicha) xarajatlarni
hisobga oluvchi
schyotlarda aks ettiriladi va quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
Debet 2000, 2300, 2500, 2700, 9400, 3290
Kredit 1080
Bir vaqtning o‘zida, foydalanishda bo‘lgan inventar va xo‘jalik jihozlarini
saqlanishini nazorat qilish maqsadida balansdan tashqari schyotda quyidagi yozuv
amalga oshiriladi:
Debet 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” hisobga olishga
o‘tkazilgan inventar va xo‘jalik jihozlari summasiga.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi
inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida hisobga olish oddiy shakl (bir tomonlama
tartibda) inventar va xo‘jalik jihozlarini nomi yoki ularning guruhi
333
(yiriklashtirilgan komplektlar kesimida, foydalanishga kelib tushgan sanasini
ko‘rsatish bilan xarid qilish (ishlab chiqarish)ning haqiqiy tannarxi bo‘yicha,
foydalanish joyi va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi.
Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga
muvofiq kamyob yoki
tarkibida qimmatli metallar yoki qimmatli toshlar mavjud bo‘lgan inventar va
xo‘jalik jihozlari safiga kiritilgan, inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga
olish uchun ham tarkibiy bo‘linma omboriga vakolatli shaxs tomonidan
imzolangan talabnoma taqdim etiladi. Talabnomada inventar va xo‘jalik jihozlarini
oladigan ishchining imzosi bo‘lishi kerak.
Ishchilarga
maxsus kiyimlar, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan maxsus
kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul
berishning tarmoq bo‘yicha namunaviy me’yorlari, shuningdek ishchilarni maxsus
kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan
ta’minlashning qoidalari asosidagi kollektiv shartnomada belgilangan tartibda
beriladi.
Maxsus kiyimlarni ishchilarga berilishi rasmiylashtiriluvchi hujjatlar
(talabnoma va hokazolar)da, boshqa rekizitlar bilan
bir qatorda berishning asosi,
shaxsiy kartochkada esa kiyish mumkin bo‘lgan muddati, qaytarilganda
foydalanishga yaroqliligi darajasi aks ettirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: