Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Mavzuga doir masalalar 
 
1-masala. 
Fuqaro Sh.Karimovga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar 
Yunusobod tumanida joylashgan 4 xonali kvartiraning kadastr qiymati 
12500 ming so‘mni tashkil etadi. Kvartiraning umumiy maydoni 92 
kvadrat metr. Fuqaro Sh.Karimov hech qanday imtiyozga ega emas. 
2018 yil uchun fuqaro Sh.Karimov tomonidan to‘lanishi lozim 
bo‘lgan mol-mulk solig‘ini aniqlang? 
2-masala.
Fuqaro Sh.Pardayev Toshkent shahar Chilonzor 
tumanida kvartira sotib oldi. Kvartiraga bo‘lgan mulk huquqi 2018 yil 
15 aprelda rasmiylashtirildi. Kvartiraning kadastr qiymati 8500 ming 
so‘mni tashkil etadi. Kvartiraning umumiy maydoni 75 kvadrat metr. 
Fuqaro Sh.Pardayev hech qanday imtiyozga ega emas. 
2018 yil uchun fuqaro Sh.Pardayev tomonidan to‘lanishi lozim 
bo‘lgan mol-mulk solig‘ini aniqlang? 
3-masala.
Fuqaro T.Komilovga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar 
Uchtepa tumanidagi 4 xonali kvartiraning kadastr qiymati 13850 ming 
so‘m. Kvartiraning umumiy maydoni 84.5 kvadrat metrni tashkil etadi. 
Fuqaro T.Komilov pensioner hisoblanadi. 
2018 yil uchun fuqaro T.Komilov tomonidan to‘lanishi lozim 
bo‘lgan mol-mulk solig‘ini aniqlang? 
 
4-masala.
Fuqaro A.Ahmedovning Toshent shahrining Chilonzor 
va Olmazor tumanlarida kvartiralari bo‘lib, Chilonzor tumanidagi 
kvartiraning kadastr qiymati 6350 ming so‘mni, umumiy maydoni esa 
63 kvadrat metrni, Olmazor tumanidagi kvartiraning kadastr qiymati 
7560 ming so‘mni, umumiy maydoni esa 72 kvadrat metrni tashkil etadi. 
Fuqaro A.Ahmedov I guruh nogironi bo‘lib, imtiyozni olish huquqini 
tasdiqlovchi hujjat davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan. 
2018 yil uchun fuqaro A.Ahmedov tomonidan to‘lanishi lozim 
bo‘lgan mol-mulk solig‘ini aniqlang? 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin