Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

 
4.3.1-diagramma. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining 
davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
54
54
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi “O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qarorlari asosida tayyorlangan. 


229
Diagramma ma’lumotlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‘ini byudjet daromadlari tarkibida ahamiyatli ekanligidan darak 
beradi. 
Soliq kodeksining 167-modasiga ko‘ra muvofiq soliq solinadigan 
daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilardir. 
Jismoniy shaxslarning — O‘zbekiston Respublikasi 
norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan 
daromadlariga Soliq kodeksning 182-moddasida nazarda tutilgan o‘ziga 
xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo‘yicha soliq 
solinadi. 
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyekti 
hisoblanadi: 
- O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston 
Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan 
daromadlari;
- O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston 
Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, Soliq kodeksning 
58-bobiga muvofiq qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish 
obyekti bo‘lmaydi. 
Soliq kodeksining 170-modasiga muvofiq soliq solinadigan baza jami 
daromaddan kelib chiqib, Soliq kodeksning 179 va 180-moddalariga 
muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda 
aniqlanadi. 
Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki 
boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga 
oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi. 
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari 
daromadlar amalda olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab 
chiqiladi. 
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga 
quyidagilar kiradi: 
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi 
daromadlar; 
2) mulkiy daromadlar; 
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin