Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Yagona ijtimoiy to‘lovni 
to‘lovchilari, to‘lov ob-
yekti, bazasi hamda to‘-
lovdan chegirmalar


289

ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar;

rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;

kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);

ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash.

predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘lgan 
fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy 
shaxslarga to‘lovlar;

yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki 
boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi 
tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda 
vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik 
xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy 
askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat 
majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul 
mukofotlari va boshqa to‘lovlar.
Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va 
konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga 
kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun 
yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining soliq solish obyekti 
ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun 
yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi bo‘yicha olingan, O‘zbekiston 
Respublikasida byudjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi 
hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash 
tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik 
xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq 
yuridik shaxs - O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan 
chet ellik xodimlarning daromadlari ham yagona ijtimoiy to‘lovning 
soliq solish obyektidir. 
Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish 
uchun soliq solinadigan baza Soliq kodeksining 172-moddasiga muvofiq 
to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi, lekin ushbu 
kodeksning 308-moddasida ko‘rsatilgan to‘lovlar bundan mustasno. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik 
xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq 
yuridik shaxs - O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan 


290
chet ellik xodimlarning daromadlari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni 
hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga 
to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa 
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni 
berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga doir xarajatlar 
umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. 
Soliq kodeksining 308-moddasiga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov 
va sug‘urta badallari quyidagi to‘lovlarga nisbatan hisoblanmaydi: 
1)
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast 
etganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar. 
2)
quyidagi grant mablag‘lari hisobiga olinadigan mehnatga haq 
to‘lash tarzidagi daromadlar: 

davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga 
qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan 
ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari 
tomonidan berilgan grant mablag‘lari;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida 
berilgan grant mablag‘lari. 
Yagona ijtimoiy to‘lov quyidagilarga nisbatan hisoblab 
chiqarilmaydi:

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda 
vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik 
xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy 
askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi 
(xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul 
ta’minotiga, pul mukofotlariga va boshqa to‘lovlarga;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, umumiy 
yurisdiksiya sudlarining va xo‘jalik sudlarining sudyalari, shuningdek 
prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega 
bo‘lgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan 
olgan daromadlariga; 

aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb 
qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi 
daromadlariga. 


291
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta 
badallari har oyda soliq solinadigan 
bazadan hamda belgilangan stavkalardan 
kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik 
shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa 
xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari tomonidan 
o‘tkaziladi. 
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona 
ijtimoiy to‘lov stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 
asosida tasdiqlanadi. 2018 yil uchun to‘lov stavkasi quyidagi miqdorda 
belgilangan: 
6.1.1-jadval 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin