Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


 Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy usullari



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

 
7.2. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy usullari 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda soliq majburiyatlaridan soliq 
to‘lovchilarning bo‘yin tovlashi masalasi dolzarb hisoblanadi. Xorijiy 
davlatlarning iqtisodiy adabiyotlarida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash 
usullarini turkumlash masalalariga katta e’tibor berilib kelinadi. 
Masalan, K.Persxalava mazkur usullarni xo‘jalik operatsiyalarining 
turlariga bog‘liq ravishda turkumlashni tavsiya qiladi.
80
Lekin, mazkur 
yondoshuv bir qator kamchiliklarga ham ega. Jumladan, muallif 
soliqdan bo‘yin tovlashning ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zgartirish 
usulini va xodimlar sonini rasman oshirish usulini alohida guruhlarga 
ajratadi. Holbuki, xodimlar sonining rasman oshirilishi korxonalar 
tomonidan ishlab chiqariladigan maxsulotlar tannarxining oshishiga olib 
keladi. Chunki, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar ishlab 
80
Перцхалава
К
.
А

Выявление
и
первоначальный
этап
расследования
уклонений
от
уплаты
налогов
или
страховых
взносов
в
государственные
внебюджетные
фонды

Дис

на
соис

уч

степени
к
.
э
.
н
. –
М
., 1999. 
С
.86 


314
chiqarish korxonalarida xom-ashyo va materiallardan keyingi o‘rinda 
turuvchi xarajatlar hisoblanadi. Demak, mehnat haqi xarajatlarining 
o‘sishi ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi sifatida baholanishi 
mumkin. 
Rus olimi I.Kucherov tomonidan taklif qilingan turkumlash mezoni 
ko‘proq real amaliyotga mos keladi. I.Kucherov soliqdan bo‘yin tovlash 
usullarini turkumlashda soliq mexanizmining elementlarini va ularning qay 
usulda ta’sir qilishini hisobga olishni taklif qiladi.
81
Ammo shuni e’tirof 
etish lozimki, birinchidan, soliqqa tortish obyektini noto‘g‘ri ko‘rsatish va 
soliqqa tortish bazasini kamaytirish imkonini beruvchi iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni soxtalashtirish usullarini alohida-alohida guruhlarga ajratish 
maqsadga muvofiq emas, chunki soliqqa tortish obyektlari xususida 
noto‘g‘ri ma’lumotlar berish bevosita iqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
soxtalashtirish orqali amalga oshiriladi; ikkinchidan, soliq to‘lovchilarning 
birlamchi buxgalteriya hujjatlarida soxta ma’lumotlarning mavjudligi 
natijasida soliqqa tortish bazasining qisqarishi usuli I.Kucherov tomonidan 
taklif qilingan turkumlashda o‘z aksini topmagan. 
Soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin 
tovlash usullarini quyidagi guruhlarga ajratgan holda turkumlash 
maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
1)
Soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga soliq 
hisob-kitobi va moliyaviy hisobotlarini topshirmasliklari. 
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchilar qonunda 
ko‘rsatilgan muddatda davlat soliq xizmati organlariga har bir soliq turi 
bo‘yicha soliq hisob-kitobini, shuningdek, moliyaviy hisobotni taqdim 
etishlari shart. Ammo, ushbu usulni qo‘llashda moliya-xo‘jalik 
faoliyatini yuritish uchun davlat soliq xizmati organlariga hujjatlarni 
taqdim etish talab etilmaydi. Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq 
organlariga «nollik» balanslarni, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga 
oshirilmaganligi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotlarning berilishi ham 
mazkur usulga kiradi. Respublikamizda hozirgi vaqtda soliq to‘lashdan 
bo‘yin tovlashning birinchi usulini fuqarolarga nisbatan qo‘llashning 
huquqiy asoslari mavjud emas. 
2)
Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq nazoratidan chetda qolishi. 
81
Ковалевская
Д
.
Е

Налоговые
преступления
в
уголовном
праве
Российской
Федерации
. //
Налоговый
Вестник
. –2000. 

11. 
С
.101 


315
Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida har bir soliq to‘lovchi 
korxonaning joylashgan o‘rniga ko‘ra, fuqarolarni esa, yashash joylariga 
ko‘ra soliq organlarida hisobda turishlari shart. 
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritishni davlat soliq xizmati 
organlaridan yashirish soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning juda keng 
tarqalgan usullaridan biriga aylangan. Ayrim hollarda korxonalar 
tomonidan umuman, joriy davrda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini 
yuritilmaslik to‘g‘risida soxta ma’lumotlar beriladi. Shuning uchun 
hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza qabul qilinayotganda amaldagi 
qonunchilikka ko‘ra xususiy tadbirkor o‘zining shaxsini tasdiqlovchi 
hujjatlarni taqdim etishi shart. Hisobga olish masalasida tashkilot 
tomonidan ariza berilganda tegishli tartibda tasdiqlangan hujjatlarning 
bir nusxasi taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi 
guvohnoma, ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun zarur 
bo‘lgan boshqa hujjatlar mazkur usulni amalga oshirishda tadbirkorni 
ro‘yxatdan o‘tkazishda soxta yoki o‘g‘irlangan hujjatlar shaxsni 
tasdiqlovchi hujjatlar sifatida hisobga qo‘yiladi. Shunday qilib, soliq 
to‘lovchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati boshqa shaxslar tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Mazkur usulni qo‘llash, ko‘pchilik hollarda, «bir kunlik 
firma»larning yuzaga kelishiga olib keladi. Ularni soliq organlarida 
hisobga qo‘yish bir yoki bir necha moliyaviy-xo‘jalik operatsiyasini 
bajarish maqsadida amalga oshiriladi. Ko‘zda tutilgan operatsiyalar 
amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur firma tugatiladi. Mana shunday 
firmalarning yuzaga kelishi va faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi 
manzilli qonuniy me’yorlarning mavjud emasligi davlat byudjetiga 
jiddiy zarar etkazadi. 
3)
Soliq to‘lovchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini 
buxgalteriya hujjatlarida aks ettirilmasligi. 
Mazkur usuldan foydalanish, asosan, korxonalarning buxgalteriya 
hisobida ayrim bitimlarni aks ettirilmasligida namoyon bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 
qonuniga muvofiq korxona va tashkilotlarning barcha operatsiyalari 
birlamchi buxgalteriya hujjatlarida o‘z aksini topishi shart. Ana shu 
birlamchi buxgalteriya hujjatlariga asosan buxgalteriya hisobi yuritilishi 
lozim. Shuning uchun ham ayrim operatsiyalarni yashirish maqsadida 
soliq to‘lovchilar birlamchi buxgalteriya hujjatlarini yo‘q qiladilar yoki 


316
ularni rasmiylashtirmaydilar. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida, 
tovarlarni sotish natijasida olingan naqd pullarni kassaga kirim qilmaslik 
holatlari mazkur usul namoyon bo‘lishining asosiy shakli hisoblanadi. 
Mazkur usulni amalga oshirish aholi bilan hisob-kitoblarni nazorat-kassa 
mashinalarisiz va xaridorlarga chek berish yo‘li bilan amalga oshirish 
mumkin. Hech kimga sir emaski, respublikamiz bank tizimida naqd 
pullarning hisob-kitob cheklari berildi. Bundan savdo korxonalari sezilarli 
noqonuniy daromad olishga erishadi, chunki cheklar ma’lum diskont bilan 
qabul qilindi. 
4)
Soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish imkonini beruvchi 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarni noqonuniy o‘zgartirish yo‘li bilan soliqqa 
tortish obyekti xususidagi ma’lumotlarni soxtalashtirish. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortish obyektlari sifatida 
mulk, foyda, daromad, sotilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning 
qiymati maydonga chiqadi. 
Soliqqa tortish obyekti soliqqa tortishning muhim elementlaridan 
biri hisoblanadi va u soliq yukini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. 
Soliq to‘lovchining jismoniy yoki yuridik shaxs ekanligi, uning 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishga xos bo‘lgan 
xususiyatlar soliqqa tortish obyektining miqdoriga bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi. Bu esa soliq to‘lovchiga noqonuniy asosda soliq yukini 
kamaytirish imkonini beradi. 
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq har bir soliq turi bo‘yicha 
alohida soliq stavkalari belgilangan. Bulardan tashqari soliq imtiyozlari 
ham soliq to‘lovchilarning har bir toifasi uchun alohida qilib 
belgilangan. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning mazkur usulidan 
foydalanish o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladiki, buning natijasida 
soliqqa tortish obyektining haqiqiy miqdori uning e’lon qilingan 
miqdoridan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. 
5)
«Soxta eksport» operatsiyalarini amalga oshirish yo‘li bilan 
qo‘shilgan qiymat solig‘ini noqonuniy qoplash. 
Ma’lumki, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish obyekti 
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni, bajarilgan ishlar 
va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish bo‘yicha oborotlar hisoblanadi. Davlat 
byudjetiga to‘lanadigan soliq summasi sotilgan mahsulotlar (xizmatlar, 
ishlar) uchun xaridorlardan olingan soliq summasi bilan mol etkazib 


317
beruvchilarga to‘langan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida 
aniqlanadi. 
O‘zbekiston soliq qonunchiligiga ko‘ra eksport qilinayotgan tovarlar 
va ko‘rsatilayotgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga «nollik» 
stavkada tortiladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning mazkur usulidan 
fodalanish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: 

eksport qilinayotgan tovar haqiqatda mamlakat chegarasidan 
chiqmaydi, eksportchi korxona byudjetdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini 
undirish uchun bojxona organlarining soxta muhridan foydalanadi. 

olib chiqib ketilayotgan tovarlar atayin yuqori baholarda aks 
ettiriladi. 

qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjetdan qoplash summasini 
undirish uchun amalda bitta eksport bitimi bo‘yicha bir necha soliq 
to‘lovchilar murojaat qilishadi. 
Soliqdan bo‘yin tovlash mazkur usulining namoyon bo‘lish 
shakllaridan biri qo‘shma faoliyat xususidagi shartnomani 
rasmiylashtirish yo‘li bilan bitimni yashirish hisoblanadi. 
6)
Notijorat tashkilotlari tomonidan foyda solig‘iga tortilmaydigan 
asosiy faoliyat turi bahonasida tijorat faoliyatini yuritish. 
Mazkur usulning mavjudligi, faoliyati foyda olishni ko‘zlamaydigan 
tashkilotlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Bu tashkilotlarning asosiy 
faoliyat turi bo‘yicha pul mablag‘lari soliqqa tortilmaydi, ammo 
ularning tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlari foyda solig‘iga 
tortiladi. Ular notijorat faoliyat shaklida tijorat faoliyatini amalga 
oshiradilar. Bu usul notijorat tashkilotlari tomonidan ta’lim xizmatlarini 
ko‘rsatishda ko‘p qo‘llaniladi. Ular, odatda, ta’lim xizmatlari 
ko‘rsatishdan olingan pul mablag‘larini a’zolik badallari sifatida 
rasmiylashtiradilar. 
7)
Aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni aksiz solig‘iga 
tortilmaydigan tovarlar sifatida ishlab chiqarish va sotish. 
Aksiz solig‘i to‘laydigan yuridik shaxslar tomonidan amalga 
oshiriladigan barcha xo‘jalik operatsiyalari birlamchi buxgalteriya 
hujjatlarida aks etgan bo‘lishi kerak. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning 
mazkur usulida soliq to‘lovchilar birlamchi buxgalteriya hujjatlaridagi 
ma’lumotlarni soxtalashtiradilar. 
O‘zbekiston Respublikasida eksport qilinayotgan tovarlar aksiz 
solig‘iga tortilmaydi. Lekin, shu tovarlarni bevosita ishlab 


318
chiqaruvchilar eksport qilayotganda soliqqa tortilmaydi. Mazkur usulni 
qo‘llashda soliq to‘lovchilar eksport operatsiyalari haqiqatda amalga 
oshirilmagan sharoitda aksiz solig‘i bo‘yicha berilgan engilliklardan 
noqonuniy tarzda foydalanadilar. 
Shunisi xarakterliki, nafaqat aksiz solig‘i, balki boshqa soliq turlari 
bo‘yicha ham soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullarining o‘ziga xos 
xususiyatlari mavjuddir. Jumladan, korxonalarning foydasidan 
olinadigan soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlash usullariga xos bo‘lgan 
asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

ishlab chiqarish jarayonini texnik jihatdan qayta qurollantirish, 
rekonstruksiya qilish, uy-joy qurilishi kabi foyda hisobidan 
moliyalashtiriladigan xarajatlar yuzasidan beriladigan soliq imtiyozlari 
summasini oshirib ko‘rsatish; 

korxonaning balansida turgan ijtimoiy-madaniy muassasalarni 
saqlash yuzasidan beriladigan soliq imtiyozlari summasini oshirish; 

ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 
1991-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan 
korxonalarga foyda solig‘idan berilgan imtiyoz summasidan noqonuniy 
tarzda foydalanish; 

boshqa shu kabi xususiyatlar. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlash usullaridan 
foydalanishga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

o‘zaro hisoblashishlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini 
hisoblamaslik; 

soliq hisobotlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini asossiz 
ravishda oshirib ko‘rsatish; 

byudjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i 
summalarini noqonuniy tarzda oshirib ko‘rsatish; 

qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha pul omonatlari, joriy 
hisobvaraqlar, to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli 
qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha berilgan soliq 
imtiyozlaridan noqonuniy tarzda foydalanish; 

boshqa xususiyatlar. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan 
bo‘yin tovlash usullaridan foydalanishga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar 
naqd pulda olingan daromadlar bo‘yicha quyidagilardan iborat: 

yirik miqdorda moddiy yordamlar olish faktini yashirish; 


319

qaytarib bermaslik sharti bilan olingan ssudalar summasini 
ko‘rsatmaslik; 

jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada daromadlarni 
to‘liq ko‘rsatmaslik; 

o‘z vaqtida deklaratsiyani davlat soliq xizmati organlariga taqdim 
etmaslik; 

boshqa xususiyatlar. 
Yuqorida qayd etilgan usullardan sezilarli darajada farq qiluvchi 
usullar guruhi ham mavjud bo‘lib, bu guruhdagi usullar mijozning pul 
mablag‘lari xususidagi ma’lumotlarni soxtalashtirishi natijasida paydo 
bo‘ladi. Mazkur guruhga mansub bo‘lgan usullarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
a) hisob-kitoblarning ma’lum qismini naqd pullarda amalga oshirish 
va naqd pulda olingan tushumlarni aylanma kassaga kirim qilmaslik. 
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi 
qonuni 7-moddasining 3-bandiga muvofiq, soliq to‘lovchilar tomonidan 
qonunchilikda belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlar soliq 
organlari tomonidan soliq to‘lovchining hisob-raqamidagi pul 
mablag‘lari hisobidan inkassa topshiriqnomasi qo‘yish yo‘li bilan 
undirib olinadi.
Ayrim korxonalar olayotgan tushumlarini soliq organlarining 
inkassa topshiriqnomalari asosida to‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik 
maqsadida naqd pulda olingan tushumlarni aylanma kassaga kirim 
qiladilar, lekin hisob-raqamiga kirim qilmaydilar, kassaga kirim qilingan 
naqd pullar hisobdor shaxslarga berish, mol etkazib beruvchilar bilan 
hisoblashish kabi maqsadlarga xarajat qilinadi.
b) byudjetdan qarzdorlik (boqimanda) mavjud bo‘lgan sharoitda 
hisob-kitoblarni uchinchi shaxs orqali amalga oshirish. 
Mazkur usuldan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad soliq 
to‘lovchining joriy hisob-raqamidagi pul mablag‘lari hisobidan majburiy 
tartibda undirilishi lozim bo‘lgan soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlash 
hisoblanadi. Bunday sharoitda tovarlarni sotish natijasida olinadigan 
tushum summasini soliq organining inkassa topshiriqnomasiga asosan olib 
qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mol etkazib beruvchi xaridordan 
to‘lov summasini uchinchi shaxsning joriy hisob-raqamiga o‘tkazishni 
talab qiladi. 


320
Mazkur usuldan foydalanish ko‘lamini tavsiflovchi ko‘rsatgichlardan 
biri – boqimandalar summasi mutlaq miqdorining tahlil qilingan davr 
mobaynida sezilarli ravishda o‘sishi hisoblanadi.
Umuman olganda soliq majburiyatlaridan bo‘yin tovlash usullari 
umumiy belgilariga ko‘ra aniq guruhlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, har 
bir soliq turi bo‘yicha ushbu usullardan foydalanishga xos bo‘lgan 
xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular, pirovard natijada soliq to‘lashdan bo‘yin 
tovlash usullari mohiyatini ochishga xizmat qiladi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin