10
kengroq va batafsilroq, shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini,
iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o‘rnini, soliqlarni nazariy
jihatlarini aniqroq va to‘liqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish
muammosi fanda mavjud. Biroq Soliq kodeksining 12-moddasida:
«Soliqlar deganda ushbu Kodeksda belgilangan, muayyan miqdorlarda
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz
xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul
to‘lovlari tushuniladi», - deb ta’rif berilgan.
Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan
majburiy to‘lovlar sifatida davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan.
Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi,
ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxona-
larning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli
hisoblanadi.
Soliqni to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan
davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy
vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish
mumkin emas. Chunki soliqlar byudjet daromadlarini tashkil etishning
asosiy vositasi bo‘libgina qolmay, mahsulot ishlab chiqarish hajmini
oshirishga, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni
ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotlar sonining ortishiga, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, xususiy korxonalar
ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga,
umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki va tashqi
vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini
soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy
byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun
moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik
faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga
bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko‘rsatadi,
aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida
esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni
tashkil etishga yordam beradi.
U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning
mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos
umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi.
Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik,
muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga
Dostları ilə paylaş: