83
foyda solig‘ini to‘lov amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi
kunidan kechiktirmay byudjetga o‘tkazadi;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobini davlat
soliq xizmati organlariga to‘lov amalga oshirilgan hisobot davri
tugagandan keyin yigirma besh kundan kechiktirmay taqdim etishi;
davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlanadigan shakldagi, bu shaxslarning soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi
va soliq davri uchun ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘ining umumiy summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani soliq
davri tugaganidan keyin o‘ttiz kun ichida taqdim etishi;
daromad oluvchi shaxslarga ularning talabiga binoan, daromad
summasi va soliq davri uchun ushlab qolingan soliqning umumiy
summasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘g‘ri hisoblash va
byudjetga o‘z vaqtida to‘lash javobgarligi soliq to‘lovchi yuridik shaxs
zimmasiga yuklanadi.
Yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari
tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromad
qilingan xarajatlar hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida
to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i chegirib
tashlanguniga qadar to‘liq miqdorda soliq to‘lovchining jami
daromadiga qo‘shiladi. Soliq solinadigan bazani aniqlashda O‘zbekiston
Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati bilan qilingan
hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar Soliq kodeksida
belgilangan tartibda va miqdorlarda chegiriladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash
paytida hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun
chet davlat vakolatli organining to‘lov xabarnomasi, ma’lumotnomasi
yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: