133
qolmoqda. Boshqa kasalliklarga ko’nishga tayyor bo’lgan insonlar tish og’rig’iga
uzoq vaqt dosh berolmaydi. Sug’urtalovchilar tibbiy bozorning bunday sig’imli
segmentini shunchaki e’tibordan chetda qoldirolmaydi.
Bozorda sug’urta “stomatologiyasi”ning ikkita turi taqdim etilgan. Ko’pincha
tish shifokorlik muolajalari an’anaviy ixtiyoriy tibbiy sug’urta (ITS) dasturlari
doirasida qoplanadi. Mazkur holatda tishlarni davolash xizmatlari ko’p
tarmoqli
davolash korxonalarida oilaviy shifoxonalar yordami bilan birgalikda taklif etiladi.
Lekin vaqt o’tishi bilan mijozlarni bevosita stomatologiya klinikalariga biriktirishni
nazarda tutuvchi ixtisoslashgan dasturlar paydo bo’la boshladi. Albatta, bozor
operatorlari hozircha bunday mahsulotlarning sug’urta qildiruvchilar o’rtasida
ommaviyligiga shubha qilmagan holda, ularga nisbatan sergaklik bilan munosabatda
bo’lishmoqda. Bacha chakana ITSga xos bo’lgan polis egalarining o’z xaridining
xarajatlarini qoplashga intilishi «stomatologiyada» juda tez-tez namoyon bo’ladi.
Rentabellikni saqlab turish uchun sug’urtalovchilar zarar ko’rish tavakklchiligini
«klinikalarga biriktirilgan ko’p sonli sug’urtalangan xizmatlar va ushbu sug’urta
dasturlariga muvofiq ko’rsatiladigan xizmatlarning qat’iy ro’yxati»
bilan tartibga
soladi.
Yordam hajmiga ko’ra «tish» mahsulotlarining butun assortimentini shartli
ravishda uchta toifaga bo’lish mumkin: ekonom-sinf, biznes-sinf va eksklyuziv-sinf.
Quyi narx toifasida (75 doll.) bemorlarga standart muolajalar ko’rsatiladi. Xizmatlar
doirasi bo’yicha qimmat bo’lmagan dasturlar bir yilda ko’pi bilan uch-to’rtta tishni
davolash imkonini bergan holda yordam hajmi bo’yicha cheklovlarni o’zida
mujassam etgan. Biznes-sinf mahsulotlari (150 doll.)
stomatologiya sohasida
kengroq ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir. Ularda xizmatlar hajmi ham, ro’yxati
ham kengaytirilgan. Dasturning maxsusligi unga stomatologiya yordamining eng
qimmatbaho turlari kiritilishi bilan belgilanadi. Albatta, barcha ITS-dasturlar (eng
arzonlaridan tortib eng qimmatlarigacha) maslahat
va tashxis xizmatlarini,
shuningdek, stomatologiyada juda muhim bo’lgan og’riqsizlantirishni o’z ichiga
oladi.
Dostları ilə paylaş: