160
IV. MAVZULARGA OID STATISTIK MA’LUMOTLAR
1-ilova
O’zbekistonda mulk huquqining asosiy manbalari
I. O’zR Konstitutsiyasi; O’zR Fuqarolik kodeksi; O’zR Yer kodeksi.
II. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi O’zR
Qonuni;
“Mulk to’g’risida”gi O’zR Qonuni; “Davlat
uy-joy fondini
xususiylashtirish to’g’risida”gi O’zR Qonuni; “Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to’g’risida”gi O’zR Qonuni; “Xususiy
tadbirkorlik kafolatlari va
erkinliklari to’g’risida”gi O’zR Qonuni.
III. “Xususiy korxonalar to’g’risida”gi O’zR Qonuni; “Nodavlat notijorat
tashkilotlar to’g’risida”gi O’zR Qonuni; “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi O’zR
Qonuni; “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi O’zR Qonuni va boshqalar.
2-ilova
Mulk huquqi institutining asosiy tamoyillari
1) xususiy mulkning davlat mulki bilan bir qatorda
konstitutsiyaviy tan
olinishi va davlat mulkining ham, xususiy mulkning
ham yuridik jihatdan teng
himoyalanishi;
2) har qanday ob’ektning xususiy mulk sifatida tan olinishi, qonunda ko’rsatib
o’tilganlar bundan mustasno;
3) yakka tartibdagi shaxsning xususiy mulkida bo’lgan ob’ektlar sifati yoki
qiymatiga cheklovlarning mavjud emasligi;
4) xususiy mulk uning mulkdori tomonidan istalgan vaqtda uchinchi tomonga
mulkni topshirish usullarini tartibga soluvchi tegishli qoidalarga amal qilingan holda
topshirilishi mumkinligi;
5) xususiy mulk ob’ekti ashyolarni ham, mulkiy huquqlarni ham o’z ichiga
olishi;
6) xususiy mulk egasi bunday mulkni boshqa shaxsga mulkni,
ishonchli
mulkchilik asosida tasarruf etuvchi shaxsga mulkchilik huquqini o’tkazmagan
holda, ishonchli boshqarishga topshirishi mumkinligi;
7) davlat mulkni, o’ziga tegishli korxonani xo’jalik
yuritish yoki tezkor
boshqarish huquqlarida topshirishi mumkinligi;
8) barcha yer va tabiiy resurslar mutlaq davlat mulki hisoblanishi;
9) davlat yer va mineral resurslardan foydalanish,
ularga egalik qilish va
ularni tasarruf etish huquqini xususiy (jismoniy yoki yuridik) shaxsga topshirishi
mumkinligi;
10) jamiyat ehtiyojlari uchun xususiy mulk rekvizitsiya
qilinishiga faqat
qonunda ko’rsatilgan alohida holatlarda ruxsat etilishi va mulkdor uchun Fuqarolik
kodeksining 203-moddasidagi rekvizitsiyalash to’g’risidagi qoidada aks etgan
himoyalash choralarini nazarda tutadi.