26
yengiltaklik belgisi hisoblanadi. Ish joyida
har qanday ehtimolga qarshi
tuflini tozalash uchun krem, cho’tka va baxmal latta bo’lishi kerak.
Kostyumga tanlangan tufli paypoq bilan kiyiladi. Paypoq rangi esa
kostyum rangiga qarab tanlanadi. Paypoqning rangi kostyum rangidan
biroz pastroq bo’lishi lozim. Paypoq uzunligi bo’yicha
boldirni yopib
turishi va o’tirganda oyoqning ochiq joyi ko’rinmasligi kerak. Biznesmen
har kuni yangi yoki yuvilgan paypoqda ishga kelishi lozim. Har qanday
vaziyatda ham ish joyida krem va cho’tkadan tashqari toza paypoq ham
bo’lishi kerak. Oq paypoqda ishga kelish biznesmenlar uchun yengiltaklik
hisoblanadi.
Kostyum shimining kamari ham natural charmdan tayyorlanga va
qora rangli bo’lishi kerak.
Biznesmenlar
tajribasida
qo’lidagi
taqinchoqlar ham katta
ahamiyatga ega. Erkak biznesmenlar panjalarida uylanganlik to’g’risidagi
uzukdan tashqari yana bitta uzukka ruxsat beriladi. U ham bo’lsa, rangi va
o’lchami bo’yicha yaqqol ko’zga tashlanadigan bo’lmasligi kerak.
Soat ham biznesmenning asosiy aksessuarlaridan biri hisoblanadi va
uning imijini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Biznesmen soati
qimmatbaho va sifatli bo’lishi shart. Biznesmenlar soati uchun natural
charmdan tayrlangan yoki oqartirilgan temir tasma tavsiya qilinadi.
Ruchka erkak biznesmen uchun yozuv
quroli sifatida xizmat
qilishidan tashqari, asosiy aksessuarlardan biri hisoblanib,
uning imijini
shakllantirishda yoki mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Uning
uchun biznesmen avtoruchkasi qimmatbaho va sifatli, original bo’lishi
shart.
Ko’krak cho’ntagi ro’molchasi biznesmen
kostyumiga tugallangan
ko’rinish beradi va shu sababli kostyum uchun asosiy qo’shimcha
elementlardan biri hisoblanadi. Lekin nufuzli biznes korxonalarida ko’krak
cho’ntagi ro’molchasi bilan ishga kelish amalda qabul qilinmagan. U
asosan ishdan keyin tashkil qilinadigan uchrashuvlarda taqilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: