“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu. Inson hayotida moliyaviy rejalashtirish



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   202
Moliya UMK

16-mavzu. Inson hayotida moliyaviy rejalashtirish 
 
Reja: 
1.
 
Moliyaviy prognoz 
2.
 
Rentabellikning va dividend siyosatining IMEga koʻrsatadigan ta’siri 
tahlili 
3.
 
Naqd pul byudjetini tuzish va undan foydalanish 
 
1.
 
Moliyaviy prognoz. 
Moliyaviy prognoz korxonaning kelajakdagi moliyaviy talablarini 
baholashga harakat qilish jarayonidir. Ushbu moliyaviy talablarni baholashdagi 
asosiy bosqichlar quyidagilar:
1-qadam. 
Rejalashtirilgan muddatda korxonaning foyda va chiqimlarini 
tasvirlash;
2-qadam.
Joriy va asosiy aktivlarda, prognoz qilinayotgan sotuv darajasini 
qoʻllab turish uchun kerak boʻladigan investitsiya darajasini baholash
3-qadam. 
Oʻz aktivlarini moliyalashtirish uchun kerak boʻlgan, butun 
rejalashtirilgan muddatdagi korxonaning moliyaviy talablarini aniqlash;
Sotuvlar prognozi. 
Sotuvlar prognozi korxonaning rejalashtirish jarayonidagi asosiy koʻrsatkich 
hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkich odatda bir necha manbalardan olingan 
ma’lumotlardan kelib chiqadi. Kelgusi yil uchun sotuvlar darajasi prognozi eng 
kamida kelayotgan yilda roʻy berishi kutilayotgan oʻtmishdagi har qanday trend va 
ushbu tendensiyaga sezilarli darajada ta’sir koʻrsata olishi mumkin boʻlgan har 
qanday hodisalarning ta’sirini oʻz ichiga oladi.Reklama kampaniyasining 
tashabbusi yoki narxlash siyosatini oʻzgartirilishi ikkinchisi uchun misol boʻla 
oladi.
Moliyaviy oʻzgaruvchilarni prognoz qilish. 
Odatiy moliyaviy prognoz sotuvlar prognozi,berilgan hisobotlarni hisobga 
olgan xolda, uni ta’sirini korxonaning turli xil chiqimlari, aktivlari va 
majburiyatlarida aks ettiradi. Ushbu aks ettirishni amalga oshirish uchun 
ishlatiladigan eng keng tarqalgan metod bu sotuvlar darajasi foizi metodi. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin