“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   202
Moliya UMK

cheklangan mas’uliyati
(limited 
liability) bilan tavsiflanadi. Bu, agar firma yopilayotgan bo‘lsa, va uning aktivlarini 
sotishdan tushgan daromad uning hamma qarzlarini yopishga yetmayotgan bo‘lsa, 
unda kreditorlar aksionerlardan qarz majbu-riyatlari bilan to‘liq hisob-kitob qilish 
uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilish huquqiga ega emasliklarini anglatadi. Bu 
yerda kreditorlarning korpo-ratsiyaga talablari uning aktivlariga bo‘lgan talablari 
bilan cheklanib qoladi. 
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar 
deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, 
aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki 
qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi. 
Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlarga qo‘yilmalarning risk 
darajasini boshqarish uchun vosita sifatida xizmat qilishdan iborat. 
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan turlari 
opsi-onlar
va 
forvard kontrakt
53
lari 
hisoblanadi. 
Sotib olishga opsion, 
yoki
 «koll» opsion 
(call 
option) – bu egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion 
amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar istalgan paytda 
sotib 
olish
huquqini beradigan vositadir. 
Sotishga opsion, 
yoki
«put»opsion 
(put 
option) – bu, egasiga opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga 
qadar xohlagan paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir 
miqdordagi aktivlarni sotish huquqini beradigan vositadir. Aktiv egasi ushbu 
aktivni sotish uchun opsion sotib olar ekan, o‘zini uning narxi kontraktda 
ko‘rsatilganidan kamayib ketish xavfidan samarali sug‘urta qiladi. 
Forvard kontraktlar 
(forward contracts) deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx 
va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini
ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. Bu xil 
kontraktlar sotuvchiga va xarid qiluvchiga ushbu aktivlarning kelgusida sotiladigan 
narxining noaniqligiga bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.
53
«Kontrakt» lotincha «contractus» - bay, bitim, kelishuv. Tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan 
holda tuzilgan ikki yoki ko‘p tomonlama shartnoma, bitim. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.403. 


56 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin