Chang tozalash eng yuqori samarada bo'lishini ta ’minlash uchun
jarayonning quyidagi ko'rsatkichlari tavsiya etiladi: gazning tezligi —
5—6 m3/s; solishtirma yuvilish 0.5—0.7 1/m3; tarelkaning erkin kesimli
yuzasi
So= 0.4 m2/m 2.
Konussimon qo‘zg‘aluvchan sharli nasadkali skrubberlar.
Gazning
tezligi katta oraliqda barqaror ravishda bo‘lishini ta ’minlash, suyuqlik
taqsim lanishini yaxshilash, tom chilar gaz bilan chiqib ketishini
kamaytirish uchun konussimon shaklidagi qo‘zg‘aluvchan sharli
nasadkali jihozlar taklif etilgan (23 b,d-rasm). Jihozlarda diametri 34—
40 mm bo'lgan polietilen sharlar qo‘llanilib, ularning sochiluvchan
zichligi 110—120 kg/m 3 ga teng. Shar qatlami balandligi H st=650 mm
ga teng. Gazning sharlar qatlamiga kiritilish tezligi 6—10 m /s ga teng
bo ‘lib, chiqish vaqtida esa 1 -2 m /s gacha kamayadi. Jihozning
konussimon qismi balandligi 1 m ga teng bo‘ladi.
Forsunkali skrubberlardagi suyuqlik sarfi har 1 m 3 gaz uchun 4—6
ni tashkil etadi. Forsunkali jihozning gidravlik qarshiligi 900-1400
Pa, ejeksion jihozda esa 800—1400 Pa.
Konussimon skrubberlar quwati 3000 dan 40000 m3 soatga teng.
Dostları ilə paylaş: