136
davomida quyosh nurini eng ko‘p tushishiga e’tibor beriladi. Issiqlik energiyasining
bir qismi qisqa muddatli issiqlikni saqlash qurilmalari (issiqlik izolyatsiyasiga ega
bo‘lgan bochkalar) da to‘planadi yoki uzoq muddatli qishning sovuq kunlarida -
kimiyoviy saqlanadi.
Quyosh kollektori
– yuzasi 1 m
2
oddiy tuzilishga ega bo‘lib, bir kunda 50…70 l
suvni 80 – 90
0
C gacha qizdirishi mumkin. Quyosh kollektori yordamida aholi turar
joylari, hovlilar, maishiy ob’ektlar va korxona xonalarini isitish mumkin.
Quyosh energiyasidan elektr energiyasini fototermik usulda olishda yarim
o‘tkazgichli fotoelement-
quyosh batareyasi
dan foylaniladi.
Akademik A.F Ioffening ta’kidlashicha o‘tgan asrning 30-yillarida birinchi
fotoelektrik qurilmalarning foydali ish koeffitsienti (FIK) 1% atrofida bo‘lgan. Budan
ancha vaqt o‘tib olimlar o‘z oldiga qo‘ygan vazifani 1950-yilda yerning birinchi
yo‘doshini kosmosga uchirish orqali amalga oshira oldilar. Bosh energetik manba
bo‘lib quyosh batareyalari paneli xizmat qildi. Hozirgi kunga kelib, butun dunyoda
yangi tipdagi quyosh panellari ishlab chiqarish va sotish jadal sur’atlarda olib
borilmoqda.
Quyosh elementlarining ish tartibi
Quyosh elementlari (QE) quyosh nurini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasiga
aylantiruvchi materiallardan tayyorlanadi. Aksariyat tijorat namunasidagi quyosh
elementlari hozirgi paytda kremniy (Si) dan tayyorlanadi. Quyosh elementining
tuzilishi 6.1-rasmda tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: