Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
AKT VA MEDIA SAVODXONLIK
moduli bo‘yicha
“Kasbiy faoliyatda bulutli texnologiyalardan samarali foydalanish”
o‘quv kursining
“Mustaqil ishlarni tashkil qilishda Google classroom imkoniyatlaridan
foydalanish”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzachi
: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Toshkent 2021
Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Mavzu: Mustaqil ishlarni tashkil qilishda Google classroom imkoniyatlaridan
foydalanish
Reja:
1.
Google Classroom va uning imkoniyati
2.
Google Classroom platformasida sinf yaratish
3.
Yaratilgan sinfga o’quvchilarni taklif etish usullari
Tayanch tushunchalar:
google, google classroom, google sites, google docs,
google drive, hujjat, gmail, google meet.
1.
Google Classroom — Google tomonidan taʼlim
muassasalari uchun ishlab chiqilgan bepul aralash oʻquv
platformasi boʻlib, topshiriqlarni yaratish, tarqatish va
baholashni
soddalashtirishga
qaratilgan. Google
Classroomning asosiy maqsadi o‘qituvchilar va talabalar
o‘rtasida fayllar almashish jarayonini soddalashtirishdir. Google Classroom bulutga
asoslangan ta’limni boshqarish tizimi hisoblanadi. Classroomning ustun jihati
Google Suite to‘plami bilan o‘zaro integratsiyaga ega ekanligidadir.
Google Classroom onlayn ishlaganligi sababli, undan foydalanish veb-brauzer
mavjud bo’lgan har qanday qurilma orqali amalga oshishi mumkin. IOS va Android
kabi qurilmalar uchun maxsus ilovalar mavjud. Shuningdek, platforma MacOS va
Windows tizimlari mavjud bo’lgan qurilmalarda ham ishlaydi. Google
Classroomning afzalligi shundaki, aksariyat qurilmalarda yuklash orqali oflayn
rejimda ishlash mumkin.
Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li
Bularning barchasi oʻqituvchilar va talabalarga Google Classroom xizmatidan
foydalanish imkonini beradi, chunki ular istalgan shaxsiy qurilma orqali u bilan
bogʻlanishlari mumkin. Google Classroom xizmatidan foydalanish bepul. Ta'lim
muassasasi o'zining barcha talabalari va o'qituvchilarini qo'shish uchun ro'yxatdan
o'tishi kerak. Bu foydalanuvchilardan ortiqcha ma’lumotlarni ta’lab etmaydi va
ularning xavfsizligini maksimal darajada taminlashga e’tibor qaratilgan. Google
hech
qanday
ma'lumotni
skanerlamaydi
va
undan
reklama
uchun
foydalanmaydi. Google Classroom yoki Google Workspace for Education
platformasida umuman reklama mavjud emas. Classroom joylashgan kengroq
Google ekotizimida pullik paketlar mavjud. Standart
Dostları ilə paylaş: |